contact@iht.uz +998 71 237-31-70

Abituriyentga eslatma!

2024-2025-o‘quv yili uchun «TIQXMMI» MTU «International House Toshkent» akademik litseyiga kirish test sinovlari 25-iyul va 26-iyul kunlari bo‘lib o‘tadi. Bunda:

Test sinovlari ta’lim yo‘nalishiga mos 2 ta fan va intellektual qobiliyat darajasi (IQ) ni aniqlash bo‘yicha o‘tkaziladi.

Bunda talabgorlarga har bir fandan 20 tadan jami 60 ta test topshirig‘i va ularni bajarish uchun javoblar varaqasini to‘ldirish bilan birga 2 soat vaqt ajratiladi.

Talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishini my.edu.uz sayti orqali shaxsiy kabinetidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.

Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan hududga test sinovi boshlanishidan kamida 1 soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan kelishlari lozim.

Murojaat uchun telefon raqamlar:
+998 98 121 63 62
+998 98 101 63 62
+998 71 237 31 70