Onatilimo`zbektilim

Ulug` shoir Alisher Navoiy ta`biricha , “guhari sharif”ga teng b`olgan narsa-bu so`zdir. U o`zining “Muhokamat ul-lug`atayn” asarida so`zning buyukligi haqida quyidagicha yozadi: “Ko`ngil barcha ma`nolarini jamlangan ummondir, so`z-ko`ngil dengizidagi bir inju. Dengizdagi injuni g`avvos olib chiqqani va uning qiymatini tayin etganidek, ko`ngildagi so`z injusi so`zlovchi tarafidan bezaladi, qiymati ham anglash darajasining nisbatiga ko`ra belgilanadi….”

 Qalbning go`zalligi-bebaho boyligi, insonlarni hayvonlardan ajratib turuvchi vosita bu uning tilidir. O`zbek tilimizning asoschisi ulug` mutafakkir bobomiz Alisher Navoiyning nafaqat o`zbek turkey adabiyot, balki sharqu g`arb madaniyati va tafakkuri rivojida naqadar ulkan o`rin tutgani, Navoiy fenomenining mohiyati va ahamiyatini barcha qonuniyat hamda ildizlari bilan yoritishga bo`lgan intilishlari adabiyot shunosligimizda tobora kuchayib borayotgani yaqqol seziladi.

 Til, adabiyot, san`at kitob eskirmaydi, chunki u inson bilan,uning ehtiyojlari bilan bog`liq. Odamzot mavjud ekan, u tarix g`ildiragini aylantirar ekan, bu borada faqat aqli bilan emas, hislari bilan ham ish yuritar ekan, til va adabiyot va san`at ham yashayveradi.

 Til odamlarning qalbiga oziq beradi, ularni yangi-yangi ishlarga kurashlarga ilhomlantiradi. Ayniqsa bizning davrimizda tilning roli, tarbiyaviy ahamiyati kun sayin ortib bormoqda. Til insonni tarbiyalaydigan muhim vosita,yangi jamiyat qurilishida o`tkir jangovar qurol. Buni hamma yaxshi biladi, tan oladi.

Agar Alisher Navoiy kabi buyuk zotlar tilimizning, xalqimizning faxri, milliy o`zligimizning timsoli ekanini nazarda tutadigan bo`lsak, o`z-o`zidan ravshanki, bu ma`lumotlarning har biri, katta-kichikligidan qat`i nazar, biz uchun g`oyat muhim ahamiyatga ega. Alisher Navoiy asarlarini o`rganish biz yoshlar uchun tilimizga yanada e`tiborli bo`lishni undaydi.

                                                                        O`zbektilio`qituvchisi: Mamarajabova I. F.