Bugun 21- oktabr kuni “O’zbek tiliga – Davlat tili maqomi “ berilganligi munosabati bilan «TIQXMMI» MTU «International House Tashkent» akademik litseyida “O’zbek tilimizni ulug’lagan buyuklar” nomli ilmiy- konferensiya o’tkazildi.
Ona tili va adabiyot o’qituvchisi Muqaddam Abduqodirova tomonidan tashkil etilgan bu tadbirda 2AF-2 va 2AF-3 guruhlari o’quvchilari faol ishtirok etishdi. M.M.Abduqodirova o’qituvchi va o’quvchilarni til bayrami bilan tabriklab, ilmiy- konferensiyani ochiq deb e’lon qildilar. O’zbek tilining taraqqiyot bosqichlari haqida ma’lumot berdilar.
Tadbir davomida 2AF-2 guruhi o’quvchilarI Alisher Navoiy Zahiriddin Muhammad Bobur va Ogahiy hayoti va ijodi haqida taqdimot qilishdi va g’azallaridan ijro etishdi. Tadbir davomida 2AF-3 guruhi o’quvchilari Behbudiy, Fitrat va Cho’lpon kabi jadid adabiyoti namoyondalarining hayoti va ijodi haqida ma’lumot berishdi va Behbudiyning “Padarkush” drammasini namoyish etishdi.
Tadbir so’ngida o’zbek -rus filologiyasi kafedrasi mudiri Kurban R.K ga so’z berildi. Ular tadbir ishtirokchilarini bayram bilan tabrikladilar va ilmiy-konferensiya haqida ijobiy firklarini bildirdilar. O’quvchilarni o’zbek tilida badiiy kitoblar o’qishda yana ham faol bo’lishga chaqirdilar.
Tadbirni tashkil qilishda quyidagi o’quvchilarga o’z minnatdorchiligimizni bildilamiz: Qosimxonova Laylo , Dorobova Robiyabonu, Maxmudova Komila, Rashidov Azizbek, Azamjonov Ozodjon , Malikov Bunyod, Abduraximova Sevinch, Shavqiyev Shohrux, Raxmatjonov Mahmudjon, Abdinazarov Islom, Raximov Jonibek, Mamatraimov Komron, Yorboboyev Behruz, Ismoilov Ulug’bek, Qosimjonov Zohid)
Maqolani 2AF-2 o’quvchisi Abdurakhimova Sevinch tayyorladi.