“International House Tashkent” akademik litseyiga ingliz tilidagi kitoblar ajratilgani ana shunday ko‘makning yorqin namunalaridan biri bo‘ldi.
“International House Tashkent” litseyi o‘quvchilar O‘zbekiston va xorijdagi nufuzli oliy o‘quv yurtlariga kirish uchun tayyorlanayotgan ta’lim muassasasi hisoblanadi. Muvaffaqiyatli o‘qish va xalqaro imtihonlarga tayyorgarlik ko‘rish uchun ingliz tilidagi yuqori sifatli va zamonaviy o‘quv materiallariga ega bo‘lish zarur.
Aynan shu paytda AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi o‘z yordamini ko‘rsatdi. Ular litsey uchun ingliz tilidagi juda ko’p kitoblarni ajratishdi. Bu haqiqatan ham o‘zbekistonlik yosh talabalarning bilim olishi va kelajagiga qo‘shilgan muhim hissadir.
Ingliz tilidagi kitoblarning ajratilishi litsey o‘quvchilarining bilim va ko‘nikmalarini kengaytirish, chet el adabiyoti va madaniyati olamiga kirib borish imkonini beradi. Adabiy asarlarni asl tilda o‘rganish, ingliz tili bo‘yicha bilim va tushunchalarini chuqurlashtirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
AQShning O‘zbekistondagi elchixonasiga saxovatpeshaligi va ta’limni qo‘llab-quvvatlagani uchun chuqur minnatdorchiligimizni bildiramiz. Kitoblarning ajratilishi o’quvchilarimizga ta’lim va kasbiy rivojlanishda muvaffaqiyatlarga erishishga yordam beradi.
AQSh elchixonasining bu harakati ularning O’zbekiston bilan hamkorlik qilish va do’stona munosabatlarni rivojlantirish istagini bildiradi. Umid qilamizki, bunday tashabbuslar davom etadi va ta’lim tizimimizni takomillashtirishga xizmat qiladi.
Yana bir bor AQSh elchixonasiga O‘zbekistonda ta’lim rivojiga qo‘shgan muhim hissasi uchun minnatdorchilik bildiramiz. Biz sizning qo’llab-quvvatlaganingiz uchun va litsey o’quvchilariga ko’rsatgan yordamingiz uchun minnatdormiz.