contact@iht.uz +998 71 237-31-70

«Bu yerda boshqa muhit mavjud» — Interhouse akademik litseyi tayyorgarlik kurslari o’quvchilari bilan suhbat

Har kim litseyga kirish uchun tayyorgarlik ko’rishda har xil usulni tanlaydi. Kimdir o‘quv markazlariga boradi, ammo maqsadli ravishda litseyimizga kelib, tayyorgarlik kurslarimizda qatnashadigan abituriyentlar bor. Hozir biz ular haqida gaplashamiz, aniqrog’i, ularning o’zlari nima uchun bizning darslarimizni tanlaganliklarini va o’rganishni yoqtirishlarini aytishadi.

Ra’no: Xayrli kun, o’zingizni tanishtiring va qanday imtihon topshirishingiz kerakligini ayting?

Bexrona: Mening ismim Abdurahmonova Bexrona, men 15 yoshdaman, iqtisod yo’nalishini tanladim. Men matematika, ingliz tili va IQ  fanlari bilan shug’ullanaman.

Jemma: Men Jemmaman. Men ijtimoiy- gumanitar yo’nalishga kiraman, tarix, ingliz va IQ fanlarini o’rganyapman.

Sarvar: Mening ismim Sagdiev Sarvar. Men MGIMO kurslariga hujjat topshiryapman. Men bu yerga matematika, rus va ingliz tiliga kelaman.

Elyor: Men Elyorman va men matematika, IQ va ingliz tili kabi fanlarga tayyorlanyapman. Aniq fanlar-iqtisod yo’nalishiga o’qishga kirishni rejalashtiryapman.

Ekaterina: Mening ismim Ekaterina. Men tarix, ingliz tili va IQ kabi fanlardan tayyorgarlik kurslarida qatnashaman. Mening yo’nalishim ijtimoiy-gumanitar.

Lola: Men Lolaman, men matematika, ingliz tili, rus tili va adabiyot kabi fanlardan tayyorlanyapman. Men MGIMO kurslariga hujjat topshiryapman.

Ra’no: Nega aynan shu yo‘nalishlarni tanlashga qaror qildingiz?

Behrona: Hozir butun dunyoda iqtisod rivojlangan va kelajakda ish topish men uchun qiyin bo‘lmaydi.

Jemma: Men juda yaxshi xotiraga egaman, men chet tillarini yaxshi ko’raman va bu mening yo’nalishimga yaqin. Rejalarimda ingliz tilini o’rganishdan tashqari, fransuz tilini ham o’rganish ham mavjud.

Sarvar: Yo‘nalishni dadam maslahat qildilar. Bu yo’nalishni o’rganib chiqdim va u menga yoqdi.

Elyor: Negaligini bilmayman, lekin matematika meni o’ziga tortadi. O’ylaymanki, bu yo’nalishdan keyin siz bemalol chet elda o’qishingiz mumkin.

Ekaterina: Men bolaligimdan gumanitar fanlarga qiziqar edim. Men adabiyot va chet tillarini yaxshi ko‘raman.

Lola: MGIMO sinflarida Ikki diplom dasturi tufayli. Bu mening kelajagim uchun yaxshi bo’ladi deb o’ylayman.

Ra’no: Nima uchun aynan bizni litseyimizni tanladingiz?

Bexrona: Interhouse litseyi O‘zbekistondagi eng zo‘r litsey, u haqida ko‘p mulohazalar eshitdim,va bu qarorimga turtki bo‘ldi.

Jemma: Bu yerda o‘qigan va yaxshi gapiradigan do‘stlarim ko‘p. Men ham yaqin atrofdagi maktabda o’qiyman va har gal o’tganimda shu yerda o’qishni xohlayman, deb o’ylardim.

Sarvar: Menda Westminster va IHT o’rtasida tanlov bor edi va men ikkinchisini tanladim. Bu yerda boshqa atmosfera.

Elyor: Sifatli ta’lim va qiziqarli ijtimoiy hayot. Bilishimcha, har bir o‘quvchida Litsey uchun nimadir qilish imkoniyati bor.

Ekaterina: O‘qishga kirishdan bir yil oldin litsey tanlash haqida o‘yladim. Oktyabr oyida men bu yerga ochiq kunlarning birida keldim. Ta’lim va ijtimoiy hayotning butun muhitini his qilib, men bu yerda o’qishni xohlayotganimni angladim.

Lola: Opam shu yerda o‘qigan, o‘qishi, ijtimoiy hayoti haqida doim gapirib, ijobiy gapirardi.

Ra’no: Sizni tayyorgarlik kurslarga nima jalb qildi?

Behrona: Men qattiq tayyorgarlikni boshlashga qaror qildim va tayyorgarlik kurslari men uchun eng yaxshi variant edi.

Jemma: Malakali o’qituvchilar. Ulardan ilm olish bir zavq.

Sarvar: Yaxshi o’qituvchilar.

Elyor: Bu yerdagi o‘qituvchilar bizga kerakli materiallarni berib, imtihonga tayyorlaydilar.

Ekaterina: Bu yerda o’qishga kirishda kerak bo’ladigan bilimlar olamiz va, albatta malakali o’qituvchilar ko’p.

Lola: Tayyorgarlik kurslari, siz imtihondan o’tishingiz haqida ishonch uyg’otadi.

Ra’no: Ustozlarimiz haqida gapirib bering

Bexrona: Ular bizga sezgir va har doim yordam berishga tayyor.

Jemma: Ajoyib. O’qituvchilar ham inson, ham o’qituvchi sifatida yaxshilar. Ular bizga barcha ma’lumotlarni oson yo’l bilan yetkazishadi.

Sarvar: Ijobiy. Umid qilamanki, biz Interhouse litseyi talabasi bo’lganimizda ular bizga dars berishda davom etadilar.

Elyor: Boshida qiyin bo’ldi, lekin o’qituvchilar quvnoq, mehribon ekan. Ular bizga doim yordam berishadi.

Ekaterina: Har bir dars qiziqarli o’tadi. O’qituvchilar haqiqatdan ham hamma narsani tushunishi uchun har bir talabaga vaqt ajratadi.

Lola: Ular bolalar bilan osongina  til topishadi, imtihonlardagi nozikliklar haqida maslahatlar berishadi.

Ra’no: Litseyimizga kirish uchun nimalarga ko‘proq e’tibor qaratish kerak deb o‘ylaysiz?

Jemma: Tarixda biz sanalarni yodlashga e’tibor qaratishimiz kerak deb o’ylayman, lekin matematikada, ehtimol, formulalarga.

Sarvar: Siz shunchaki o’z ustingizda ko’p ishlashingiz kerak va menimcha ingliz tiliga urg’u berish kerak.

Elyor: Menimcha, ixtisoslashtirilgan fanlarga ahamiyat berish kerak.

Ekaterina: Asosiy mavzuga ko’proq e’tibor berish kerak, mening holimda bu tarix.

Lola: Tayyorgarlik uchun ko’proq vaqt ajratish lozim.

Ra’no: Bu yerda o’qish sizga qiyinmi?

Bexrona: O‘qituvchilar aytgan hamma narsani bajarsangiz, materiallarni o‘rgansangiz va o‘qishga mas’uliyat bilan yondashsangiz, yo‘q, qiyin emas.

Gemma: Yo’q, men hamma narsani juda yaxshi tushunaman.

Sarvar: Oktyabrdan beri shu yerda o‘qiyman, bu menga qiyin emas.

Elyor: Agar xohlasangiz, o’rganish qiyin emas. Agar inson haqiqatan ham buni qilishni xohlasa va, masalan, ota-onasi tomonidan majburlanmagan bo’lsa, u maqsadiga yetishadi.

Ekaterina: Avvaliga bu qiyin edi, chunki tayyorgarlik kurslari har kuni o’tkaziladi, lekin tez orada men ko’nikib qoldim.

Lola: Yo‘q, o‘qish unchalik qiyin emas.

Barcha abituriyentlarga omad tilaymiz va sizni «INTERNATIONAL HOUSE TASHKENT» litseyi o’quvchilari sifatida ko’rishga umid qilamiz.

Suhbatdosh: Abdurahmonova Ra’no 2SG1 @ranoabdrkh

Suratchi: Axmedbekova Aleksandra 2TN1

Tarjimon: Teshaboeva Shaxnoza 2TN3