contact@iht.uz +998 71 237-31-70
Yangilliklar

Category

“TIQXMMI” MTU saroyida buyuk shoir, mutafakkir va davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 543 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbir tashkilotchisi sifatida “International House Toshkent” akademik litseyi ishtirok etdi. Unda litsey o‘quvchilari, universitet talabalari hamda oliygoh rahbariyati vakillari qatnashdilar. Tadbirda “TIQXMMI” MTU rektorati vakillari, shuningdek, akademik litsey direktori Alisher Xasanovich Tillayev ishtirok etdi. Yig‘ilganlarga...
Read More
30-yanvar kuni “International House Toshkent” akademik litseyida yoshlar o‘rtasida kiberjinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda IIV Akademiyasi magistratura tinglovchisi Muhammadiyev Firdavs Ilhom o’g’li “Yoshlar o‘rtasida kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish va uning profilaktikasini tashkil etish” mavzusida ma’ruza qildi. Tadbir davomida o‘quvchilarga internet tarmog‘idan xavfsiz va mas’uliyatli foydalanish, shaxsiy ma’lumotlarni himoyalash, onlayn firibgarlikning keng tarqalgan...
Read More
1-noyabr kuni «TIQXMMI» MTU Madaniyat saroyida International House Toshkent akademik litseyining an’anaviy Students’ Union saylovlari bo‘lib o‘tdi. Bu — yangi o‘quv yilida o‘quvchilar ovozi va o‘quvchilik o‘zini-o‘zi boshqaruv tizimini belgilab beradigan asosiy voqealardan biridir. Litsey an’anasiga aylangan saylovlar Students’ Union Prezidenti saylovi endi shunchaki rasmiy jarayon emas. Bu — o‘quvchilar uchun haqiqiy liderlik, targ‘ibot, jamoaviy...
Read More
2025-yil 10–11-oktabr kunlari Toshkent shahrida MYFAIR-2025 nomli xalqaro ta’lim yarmarkasi bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirda «TIQXMMI» MTU International House Toshkent akademik litseyi o‘quvchilari volontyor sifatida faol ishtirok etdilar. 40 dan ortiq o‘quvchilarimiz xorijiy va mahalliy universitetlar vakillari bilan birgalikda abituriyentlarga yordam berishdi, ularning savollariga javob berishdi hamda oliy o‘quv yurtlariga kirish jarayonlari haqida qimmatli bilim va...
Read More
3-sentabr kuni «International House Toshkent» litseyida yangi o‘quv yilining boshlanishiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o’tdi. Marosimda litsey direktori Tillayev A.X., ma’muriyat hamda o‘qituvchilar jamoasi ishtirok etdi. O‘quvchilarga murojaat qilib, direktor o‘rinbosarlari Tadjibaeva M.X., Rustamova N.N. va Ermatova M.M. so‘zga chiqdilar. Ular yangi o‘quv yilining ahamiyatini ta’kidlab, o‘quvchilarga bilim olishda va ijodiy izlanishlarda omad tiladilar. Bayramona...
Read More
Hurmatli abituriyentlar va ota-onalar!2025–2026 oʻquv yili uchun TIQXMMI MTU huzuridagi «International House Tashkent» akademik litseyiga kirish imtihonlari natijalari eʼlon qilindi. Natijalar bilan litseyning rasmiy veb-saytida yoki qabul komissiyasida tanishishingiz mumkin. Imtihonlarni muvaffaqiyatli yakunlagan barcha abituriyentlarni tabriklaymiz va litseyimizga boʻlgan qiziqishingiz uchun minnatdorchilik bildiramiz! Imtihonlardan muvaffaqiyatli oʻtgan va oʻqishga tavsiya etilgan abituriyentlardan 4 va 5 avgust...
Read More
Hurmatli ota-onalar va 9-sinf o‘quvchilari! “TIQXMMI” milliy tadqiqotlar universiteti “Interneyshenl Xaus-Toshkent” akademik litseyi 2025/2026 o‘quv yili uchun qabul jarayonining boshlanganini mamnuniyat bilan e’lon qiladi.Hujjatlar 2025-yil 10-iyundan 10-iyulgacha my.edu.uz Yagona abituriyentlar platformasi orqali onlayn tarzda topshirilishi belgilangan. Nega “TIQXMMI” milliy tadqiqotlar universiteti “Interneyshenl Xaus-Toshkent” akademik litseyini tanlashingiz kerak? Yurtimizdagi rasmiy №1 akademik litsey! Har yili bitiruvchilarning...
Read More
2025-yil 5-iyun kuni International House Toshkent litseyida 2024–2025 o‘quv yilining yakunlanishiga bag‘ishlangan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbir doirasida bitiruvchi guruhlar uchun ingliz tilidan yakuniy davlat imtihoni o‘tkazildi. Tadbirning tantanali qismini litsey ma’muriyati va o‘qituvchilar jamoasi tashkil etdi. Tadbirda so‘zga chiqqan litsey direktori A. Tillaev o‘quvchilarning til tayyorgarligi darajasi yuqori bo‘lishining ahamiyatini alohida ta’kidlab, ta’lim jarayoniga...
Read More
2025-yil 26-may kuni “TIQXMMI” Milliy ilmiy tadqiqot universitetining Madaniyat saroyida International House Toshkent akademik litseyi tomonidan “Litsey faxri” stipendiyalarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu yil ushbu stipendiyaga o‘qish, ilmiy faoliyat va jamoat ishlarida yuqori natijalarga erishgan 84 nafar o‘quvchi sazovor bo‘ldi. Marosimda “TIQXMMI” rektori B. Mirzaev va litsey direktori A. Tillayev ishtirok etib, yoshlarga tabrik...
Read More
2024–2025 o‘quv yili davomida «International House Toshkent» akademik litseyi ingliz tili bo‘yicha o‘quvchilarni tayyorlashda yetakchi ta’lim muassasalaridan biri sifatida o‘z maqomini yana bir bor isbotladi. Litseyda tahsil olayotgan 150 ga yaqin o‘quvchi ingliz tilini B2 va C1 darajalarida bilishini tasdiqlovchi sertifikatlarni muvaffaqiyatli qo‘lga kiritdi. Ushbu natijalar umumyevropa til kompetensiyalari tizimi — CEFR standartlariga to‘liq javob...
Read More
1 2 3 17