2020-yil 24-noyabr kuni International House-Tashkent TIQXMMI litseyida o’quvchilar uchun IDP rasmiy vakili tomonidan tanishtiruv taqdimoti o’tkazildi.
CD IELTS- “Paper delivered IELTS”ni analogi hisoblanadi. Ya’ni an’anaviy IELTS imtihondan farqli o’laroq, CD IELTSda barcha jarayon kompyuter orqali amalga oshiriladi. «Kompyuter imkoniyatlaridan foydalangan holda, siz IELTS test javoblarni kompyuterda yozib qo’yishingiz mumkin, bu esa ma’lumotni qulay tizimlashtirishga yordam beradi»,-deb takitlab o’tdi IDP vakili.
O’quvchilarga «CD IELTS» ni ko’rgazmali video orqali topshirish tizimi haqida so’zlab berildi, bu esa master-klass ishtirokchilariga imtihon topshirishning barcha ijobiy tomonlarini, uning tuzilmasini ochib berdi. O’quvchilar uchun foydali bo’lgan ko’plab faktlar haqida ma’lumot berildi. CD IELTS ko’p jihatdan, an’anaviy IELTS imtihonidan farq qiladi:
Bundan tashqari, IDP sayti haqida ma’lumot berildi – exams.uz rasmiy saytda o’quvchilar IELTS imtihonlari haqida yanada foydali ma’lumotlarga ega bo’lishlari, CD IELTS jarayonini sinab ko’rishlari va rasmiy imtihonni topshirish uchun ro’yxatdan o’tishlari mumkin ekanligini takitlab o’tdilar.
Tanishuv taqdimotidan so’ng o’quvchilar o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar va qay tarzda imtihon topshirish kerakligi haqida ma’lumotga e’ga bo’ldilar.
Muallif: Abbasova Kamila 1MTN2 @kami_a_23
Muharrir: Sultanbaeva Farangiz 2TN5 @sultanboeva
Foto: Tavxidova Adelina 1MTH2 @dvrseau