contact@iht.uz +998 71 237-31-70

Expo-2020

«Jahon Agrar Bozorlar Instituti» Strategik Loyihasini amalga oshirish doirasida MGIMO universiteti «Ustuvorlik rejasi-2030» dasturi, Rossiya Federatsiyasi qishloq xo’jaligi vazirligi va «Agroexport» FGBU Dubay shahrida «Expo-2020» jahon ko’rgazmasi maydonlarida 2022 yil 15 fevral kuni «Agrar ta’lim – kelajakka investitsiyalar» mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi.

Tadbirda ishtirok etish uchun MGIMO Universiteti tomonidan «TIQXMMI» MTU «International House Tashkent» akademik litseyi direktori Tillaev A. taklif etildi. Litsey direktori «O’zbekiston Respublikasining agrosanoat xususiyatlarini hisobga olgan holda agrar ta’lim tizimining o’ziga xos xususiyatlari» mavzusida ma’ruza qildi.

«International House Tashkent» akademik litseyi direktori Alisher Tillaev O’zbekistonda agrar ta’lim sohasidagi maqsad va vazifalar haqida so’zlab berdi. Bunday maqsad va vazifalar beshtani tashkil qiladi — yangi ta’lim dasturlarini yaratish va kadrlar malakasini oshirish; professional qayta tayyorlash markazlarini tashkil etish, kadrlar siyosatini zamonaviy global muammolarni hisobga olgan holda o’zgartirish, ilmiy salohiyatni oshirish, ilm-fanni ta’lim va Real sektor korxonalari bilan integratsiya qilish, shuningdek, agrar ta’limning hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qo’shgan hissasini oshirishdan iborat.

Tadbirda quyidagi mehmon va mezbonlar ham so’zga chiqdilar:
Rossiya Federatsiyasi davlat hokimiyati vakillari
Rossiya Federatsiyasi universitetlari vakillari
BAA davlat hokimiyati vakillari
BMT jahon oziq-ovqat tashkiloti (FAO)
Agrar ta’lim sohasidagi universitetlar xalqaro assotsiatsiyalari va SSAGPZ davlatlarining ta’lim va ilmiy markazlari vakillari

O’z navbatida, «TIQXMMI» MTU «International House Tashkent» akademik litseyining ma’muriyati, professor-o’qituvchilari va o’quvchilari tadbir tashkilotchilariga mamlakatimizning bunday muhim ta’lim tadbirida ishtirok etishini ta’milagani uchun o’z hurmatini bildiradilar.