contact@iht.uz +998 71 237-31-70

Faol o’quvchilar stipendiyaga loyiq ko’rildi

Iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimini rivojlantirish, ularni qo’llab-quvvatlash uchun zarur sharoitlar yaratish, ulg’ayib kelayotgan yosh avlodning ilm-fanga bo’lgan intilishlarini rag’batlantirish, intellektual va ijodiy salohiyatini ro’yobga chiqarish borasidagi islohotlarni tizimli amalga oshirish, shuningdek akademik liseylar faoliyatini takomillashtirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 3 dekabrdagi PQ-4910-son qaroriga 3-ilova, 2 – bandi ijrosi yuzasidan 29 mart kuni «International House Tashkent» akademik litseyi birinchilardan bo’lib barcha fanlardan eng yuqori o’zlashtirish ko’rsatkichlariga ega bo’lgan o’quvchilarga akademik litsey pedagogik kengashi qaroriga ko’ra «Akademik litseyimiz iftixori» stipendiyasi xamda «Toshkent irrigasiya va qishloq xo’jaligini mexanizasiyalash muxandislari instituti» Milliy tadqiqot universiteti «Ilmiy kengash» stipendiatlarini taqdirlash marosimini tashkil etdi.

Umumiy xisobda «Toshkent irrigasiya va qishloq xo’jaligini mexanizasiyalash muxandislari instituti» Milliy tadqiqot universiteti «Ilmiy kengash» stipendiatlari 10 nafarni tashkil etgan bo’lsa, «International House Tashkent» «Akademik litseyimiz iftixori» stipendiyasi bilan litseyning 32 nafar o’quvchisi taqdirlandilar.
– «Shu kabi ta’lim soxasidagi isloxotlar o’sib kelayotgan yoshlarni ta’limga ishtiyoqlarini yanada takomillashtirishga va o’qishga bo’lgan qiziqishlarini oshirishda juda katta turtki bo’ladi» – deydi litsey o’quvchilari.

Mazkur tadbir «Toshkent irrigasiya va qishloq xo’jaligini mexanizasiyalash muxandislari instituti» Milliy tadqiqot universiteti rektori professor Baxodir Suyunovich Mirzaev boshchiligida tashkil etildi. Stipendiatlar esdalik sovg’alar, stipendiyalar va diplom bilan taqdirlandilar.

Albatta bu kabi e’tibor va e’tirofga sazovor bo’lgan yoshlar kelgusida o’z yutuqlari, ilm yo’lidagi muvaffaqiyatlari bilan bildirilgan ishonchni oqlashadi. Bu ularning soz’larida, ko’zlarida namoyon bo’lib turipti!