I.M. Gubkina nomidagi Rossiya Davlat neft-gaz instituti qoshidagi akdemik litseyda «O’zbekiston mening yurtim» mavzusida bellashuv bo’lib o’tdi. Bellashuvda mezbon jamoa va «International House-Tashkent» akademik litseyining faol o’quvchilari ishtirok etishdi. Bellashuvda ona vatanimiz O’zbekistonning tarixiy, madaniy, urf-odatlari bilan bir qatorda ko’p millatli xalq ekanligi sahna ko’rinishlari orqali namoyish etildi. «Bellashuv so’ngida mehmon jamoa» «International House-Tashkent» akademik litseyi o’quvchilari g’olib bo’lishdi.