contact@iht.uz +998 71 237-31-70

HSE universiteti tomonidan matematika o’qituvchilari uchun ajoyib imkoniyat

21-23 fevral kunlari O’zbekistonda «TIQXMMI» MTU «International House Tashkent» akademik litseyi negizida matematika o’qituvchilari uchun HSE (Oliy iqtisodiyot maktabi) tomonidan malaka oshirish kurslari tashkil etildi

«International House Tashkent» litseyi, «TIIQXMMI» MTU va HSE MTU ning sa’y-harakatlari tufayli uch ish kuni mobaynida matematika o’qituvchilari maxsus tayyorlangan malaka oshirish kurslarida ishtirok etish uchun ajoyib imkoniyatga ega bo’ldilar. Matematika o’qituvchilari nafaqat poytaxtdan, balki O’zbekistonning barcha hududlaridan ham, Webinar orqali kurslarda ishtirok etishdi.

Kurs lektori HSE Universiteti mutaxassisi Morozova Elena Vitalevna o’z sohasi mutaxassislarini yosh avlod uchun to’plangan bilim va tajribalarini rivojlantirish va mustahkamlashga ilhomlantirdi.

     Ushbu tadbir yangi kasb-hunar malakasini oshirish kurslar sonini kengaytirishga sabab bo’ldi. Bu o’qituvchilar uchun o’z malakalarini oshirishga katta imkoniyatdir.  Matematika o’qituvchilari uchun birinchi malaka oshirish kursidan so’ng ijobiy fikrlardan kelib chiqib, shu kabi seminar, kasb-hunar malakasini oshirish kurslari keng tadbiq etish yaqin kelajakda rejalashtirilmoqda.

O’quv kursidan muvaffaqiyatli o’tgan o’qituvchilarni HSE universiteti tomonidan matematika o’qituvchilari uchun kasbiy malaka oshirish kursi tinglovchilarini taqdirlash marosimiga taklif qilindi. Taqdirlash marosimida xorijiy talabalarni jalb qilish bo’yicha direktor o’rinbosari Belousova Ekaterina Stanislavovna va «TIIQXMMI» MTU prorektori Xudayarov Baxtiyor Alimovich ishtirok etdi. Mazkur tadbirning o’tkazilish joyi «International House Tashkent» litseyi tomonidan tanlangani bejiz emas. Buning sababi 2021-yil 8-aprelda «Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti» milliy tadqiqot universiteti va «Iqtisodiyot Oliy maktabi» milliy tadqiqot universiteti rektorlari o’rtasida yaqin hamkorlikni kuchaytirish maqsadida tuzilgan memorandum asos bo’ldi.

O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining hozirgi ehtiyojlarini qondirish muhimligini ta’kidlab, “TIQXMMI” MTU va Oliy Iqtisodiyot Maktabi o’quvchilarni tayyorlash sifatini yaxshilash maqsadida sa’y-harakatlarni birlashtirish zarurligini e’tirof etdi va International House Tashkent» litseyi negizida Oliy Iqtisodiyot Maktabi bilan birgalikda iste’dodlarni aniqlash markazi ochildi. Markazning asosiy vazifalari xalqaro ta’limni rivojlantirishga ko’maklashish maqsadida teng huquqli va o’zaro manfaatli asosda yaqin hamkorlikni kuchaytirishdan iborat. Markaz negizida har yili seminarlar, xalqaro yoshlar olimpiadasi, maslahat uchrashuvlari va kirish imtihonlari o’tkaziladi.

Maqolani Karimjonov Murod va Azimova Dildora tayyorlashdi