11-12 oktyabr kunlari Toshkentda universitetlarning xalqaro ta’lim ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi, unda «International House Tashkent» akademik litseyi o‘quvchilari ko‘ngillilar sifatida faol ishtirok etdilar.
40 nafardan ziyod o‘quvchilarimiz xorijiy va mahalliy universitetlar vakillari bilan hamkorlikda abituriyentlarga yordam berib, ularning savollariga javob berib, oliy ta’lim muassasalariga kirish jarayonlari haqida qimmatli bilimlarga ega bo‘ldilar. Ushbu noyob imkoniyat o’quvchilarimizga nafaqat tadbirni tashkil etishga hissa qo‘shish, balki yetakchi universitetlar vakillari bilan tanishib, o‘z ufqlarini kengaytirish imkonini berdi.