2022 yilda 27-noyabr kuni Oliy iqtisodiyot maktabi 30 yoshga to’ldi. Shu munosabat bilan «HSE» MTU strategik sherigi «International House Tashkent» akademik litseyi va «TIQXMMI» MTU rahbariyati Oliy iqtisodiyot maktabi tomonidan tashkil etilgan qator tadbirlarga Xalqaro hamkorlik bo’yicha «TIQXMMI» MTU prorektori Salohiddinov Abdulxakim Temirxodjayevich, «International House Tashkent» akademik litseyi nomidan litsey direktori Tillayev Alisher Xasanovich taklif qilindi.
Uchrashuv davomida: » Butun dunyo » festivali, universitet asoschilari va rahbariyati ishtirokida oliy ta’lim muassasasining 30 yilligiga bag’ishlangan yalpi sessiya, «Dunyo 2052» hujjatli filmining premyerasi bo’lib o’tdi. Shuningdek, oliy ta’lim muassasasining rektori va prorektori tabrik nutqi bilan so’zga chiqdi.
Oliy iqtisodiyot maktabini bunday katta marosimga taklif qilganligi uchun o’z minnatdorchiligimizni bildiramiz! «International House Tashkent» akademik litseyi va «Oliy iqtisodiyot maktabi» MTU yosh iste’dodlar manfaati yo’lida muvaffaqiyatli hamkorlik qilib, ta’lim loyihalarini amalga oshirayotganidan faxrlanamiz!