contact@iht.uz +998 71 237-31-70

Kelajakka nazar Xitoy-O’zbekiston munosabatlarida

2019 yil 27 iyunda  Gonkongdan kelgan 22 nafar  talabalar guruhi TIQXMMI “International House- Tashkent” akademik litseyiga tashrif buyurishdi.

Tashrif davomida mehmonlar litseyning o’quv xonalari bilan tanishdi, xususan, Xitoyning Huawei kompaniyasi bilan jihozlangan smart-xonaga alohida e’tibor berildi. Shuningdek, talabalar litsey hayoti va litsey o’quvchilarining o’zlari bilan ko’proq tanishdilar.

Mehmonlarga O’zbekiston va Gonkong ta’lim tizimi haqida ko’proq ma’lumot olish imkoniyati berildi. Eng ta’sirli daqiqalar talabalar o’rtasida sovg’alar almashish marosimi bo’ldi. Uchrashuv so’ngida talabalar bir-birlari bilan almashdilar, bu fursatdan foydalanib, xotira uchun suratga tushishdi!

Bugungi kunda litsey o’quvchilarining aksariyati Xitoy Respublikasining ta’lim tizimiga alohida qiziqish bildirmoqdalar.

Ushbu tarixiy madaniyatlararo uchrashuv O’zbekiston va Xitoy o’rtasidagi do’stona munosabatlarni mustahkamlashga xizmat qiladi