contact@iht.uz +998 71 237-31-70

Kira’s razz — Derek Persival

Hamma-hammaga salom!

«Kira`s razz» yana siz bilan va umid qilamanki siz meni kutgan edingiz!

Bugun bizning mehmon afrikalikga o’hshamasa xam Janubiy Afrikalik ajoyib o’qituvchi va
haqiqiy “djentelmen”. Bizning ikkinchi kurs o’quvchilari uni yaxshi bilishadi, chunki  u bizning litseyda Shekspirning ona tilida dars beradigan inson janob Derek!  Keling hozir esa suhbatga o’tamiz!

Kira: Xayrli kun, janob Derek!  Bu bizning birinchi uchrashuvimiz, siz bilan tanishganimdan nihoyat xursandman. Mening ismim Kira va bugun men sizning suhbatdoshingiz bo’laman.

Derek: Men xam nihoyat xursandman!  Mening ismlarga bo’lgan xotiram yomon, lekin sizni eslab qolishga harakat qilaman.

Kira: Shu erda to’xtab qolmaylikda va boshlaymiz!

Siz qaysi davlatlarga tashrif buyurgansiz?

  • Men 25 ga yaqin turli mamlakatlarda bo’lganman. Ammo eng ko’p vaqtimni Osiyoda o’tkazdim.

– Qaysi bir davlat sizga ko’proq yoqdi?

  • Menimcha, Janubiy Koreya menga eng yoqqan davlat bo’lsa kerak, u erda 3,5 yil yashaganman. Ajoyib vaqt edi.

 – Siz tashrif buyurgan davlatlarda  nima qilgansiz?

  • Men Janubiy Koreyada, Tailandda, Ispaniyada dars berganman, hozir esa – O’zbekistonda.

 – Nega aynan O’zbekistonni tanladingiz?

  • Rostini aytsam, bu erga ish taklifi tufayli kelganman.

– Oh, xuddi janob Endji singari.

  • To’g’ri, avval ikkalamiz Ispaniyada bitta maktabda ishlaganmiz, va yana birga, Interhousda ishlayapmiz.

 – Noto’g’ri bo’lib chiqqan O’zbekiston haqidagi stereotiplar xaqida aytib bera olasiz-mi?

  • Xa, albatta. Masalan Toshkent misolida, O’zbekistonning yuqori rivojlangan davlat ekanligini isbotlolaydi.

–  Tasdiqlangan O’zbekiston haqidagi stereotip.

  • O’ylaymanki, ba’zida O’zbekistonliklar, mening vatandoshlarim kabi, vaqt va tezkorlikni boshqacha his qilishadi.

–  Mamlakatimizda siz uchun eng hayratlanarli narsa nima?

  • Meni hayratga solgan narsa, bu mamlakatda axborot jihatidan qanchalik qulay ekanligi. “LeBazar”, “Express24” kabi barcha narsalar uchun xizmatlar mavjud bo’lishini kutmagan edim. Bu narsalar hayotni osonlashtiradi.

–  Janubiy Afrika va O’zbekiston o’rtasida o’xshashliklar bormi?

  • Janubiy Afrika va O’zbekiston o’rtasida ba’zi o’xshashliklar mavjud, chunki biz ham rivojlanayotgan mamlakatmiz. Afrikada O’zbekistondagidek juda rivojlangan hududlar qatori «qishloq» joylar xam mavjud.  Qashshoqlik va tengsizliklarini o’rni ham shunday.  O’zbekistondagi kabi juda boy va kambag’allar o’rtasidagi farq juda o’xshash.

– Siz Toshkentdan tashqari O’zbekistonning boshqa shaharlarida bo’lganmisiz?

  • Ha, men Samarqandga 3 kunga sayohat qilganman. U yer juda hayajonli tarixiy shahar.

– Siz keyingi bo’lib tashrif buyuradgan davlat qaysi bo’ladi?

  • Hozir men Xitoyda ham masofadan turib ishlayapman, shuning uchun kelasi yil bu mening keyingi mamlakatim bo’lishi mumkin deb o’ylayman.

– IHT yordamida erishish mumkin bo’lgan maqsadingiz bormi?

  • Aytaylik, mening maqsadlarimdan biri o’qituvchi bo’lish, shuning uchun agar bu ishim bo’lmaganida kun bo’yi kompyuterda qolib ketar edim. O’quvchilar bilan muloqot qila olishimda IHT menga yordam bergan maqsadlardan biridir.

– Nega dars berishga qaror qilgansiz?

  • Aslida, bu tasodifan sodir bo’lgan, men hech qachon o’qituvchi bo’laman deb o’ylamagan edim. Ammo menga korporativ dunyoda ishlashdan ko’ra o’qitish juda yoqdi. Men bu haqiqatan ham muvaffaqiyatli tanlov ekanligini angladim.

– Sizning ishingizdagi o’zingizga nima yoqadi?

  • Kun bo’yi o’quvchilar bilan suhbatlashish!

– Shu sababli mamlakatimizdagi odamlar sizga shubha bilan qarashadimi?

  • Xo’sh, men doimo eshitadigan fikr – bu qora tanli emasman va Afrikadanman. Ammo odamlarning munosabati yomon deb o’ylamayman. Ehtimol, ular shunchaki qiziquvchan.

– Birinchi ishingiz qaerda bo’lgan?

  • Mening birinchi ishim universal do’konda, kiyim-kechak bo’limida edi. Men oddiy sotuvchi edim.

– Hayotingizda nimadan minnatdorsiz?

  • Butun hayotim davomida meni qo’llab-quvvatlagan do’stlarim va oilamdan, ayniqsa oilamdan minnatdorman.

– Hech ishingiz uchun biror narsani qurbon qilishga majbur bo’lganmisiz?

  • O’qituvchi bo’lishning bir qismi – kasbiy maqsadlar sari intilish paytida shaxsiy maqsadlarni chetga chiqazish.

– Agar mavjud bo’lgan har qanday odam bilan uchrashish imkoniga ega bo’lsangiz, u kim bo’lar edi?

  • Vau, bu haqiqatan ham qiyin savol. Ehtimol, noma’lum joylarga tashrif buyurgan kimdir, misol uchun kosmonavt. Odamlar imkonsiz deb o’ylagan narsani qilgan inson bilan uchrashar edim.

– Sizningcha, maktabdagi baholaringiz muhimmi?

  • Maktabdagi baholar unchalik ahamiyatga ega emas. O’quvchilar ularning ahvolini, ota-onalar esa farzandlarining ahvolini bilishlari kerak.  Baholar esa rivojlanishingiz uchun katta turtki bo’lishi mumkin.

– Chet tillarni o’rganayotgan odamlarga qanday maslahat bera olasiz?

  • Hmm, men bir necha marta shunday maslahatlar berishga majbur bo’lgan edim, ammo xech biri natija bermadi, shuning uchun men bu savolga javob bera oladigan odam ekanligimga amin emasman. Men faqatkina ona tilida so’zlashuvchilarni tushunish uchun har qanday video, teleseriallarni ko’rishni taklif qila olaman.  Qilishingiz mumkin bo’lgan eng yaxshi yo’l – bu til almashish uchun sherik topishdir.

Kira: Menga suhbatimiz qanday o’tishi juda yoqdi. Afsuski, deyarli savollar va ajratilgan vaqtimiz nihoyasiga yetyapti. Shuning uchun hozir biz siz bilan tezkor so’rov o’tkazamiz! Qani ketdik!

– Ovqatmi yoki uyqumi?

  • Uyqu, o’ylashning hojati ham yo’q

– Avtomobilda yoki samolyotda sayohat qilish?

  • Avtomobilda

– Kuchuklar yoki mushuklarmi?

  • Mushuklar

– Quyosh botishi yoki quyosh chiqishimi?

  • Yaqingi vaqtan beri men har kuni ertalab quyosh chiqishini kuzatyapman, shuning uchun uni tanlayman

– Bill Geytsmi yoki Stiv Jobsmi?

  • Bill Geyts

– Tabiatda yashashmi yoki shahardami?

  • Hmm, agarda shunday imkoniyatim bo’lganda men tabiatni tanlagan bo’lar edim

– Katta va shovqinli kompaniya yoki tinch yig’ilishlarmi?

  • Tinch yig’ilishlar

– Sezgi yoki mantiqmi?

  • Mantiq

– Venera yoki Marsmi?

  • Mars

Kira: Javoblaringiz uchun tashakkur!  Sizning fikringiz biz uchun juda muhim.  Ha, bu oddiy ibora emas, hammaga haqiqatan ham qiziqali.

Derek: Tashakkur!

Kira: Rahmat!  You are welcome!

 

“Kira`s razz” sizni chet ellik o’qituvchilar haqida ma’lumot olishdan mamnun ekanligingizga va endi ularning darslarida qatnashishga bir oz ko’proq ishtiyoqingiz borligiga umid qiladi.  Imkoniyatni boy bermang!

O’qiganingiz uchun rahmat!

 

Muallif: Kira Shamsutdinova, 1SG1 @kira_mercury

O’zbek tiliga tarjima: Xoshimxodjeva Anora, 1SG1 @maybe.anora

Foto: Tavxidova Adelina, 1MTN2  @dvrseau