Diqqat do’stlar! “Kira’s razz” blogining birinchi soni sizning e’tiboringizda!
Bizning ma’murlar «Chet elliklarni O’zbekistonda hayoti va til organish tajribasi» haqidagi intervyuni taqdim etishdan xursanddir.O’zbekistonda chet ellik bo’lish qanday ekanligi haqida bizning mehmonimiz, Janob Enji so’zlab berdi. Janob Enji, janob Ajoyib-Mo’ylovlar – ularni o’z xohishingiz bo’yicha chaqiring!
Siz boshqa, yanada aqlli nomlar haqida o’ylayotgan payitingizda, biz suhbatni boshlaymiz.
- Xayrli kun, janob Enji. Avvalambor, bizga ajratgan vaqtingiz uchun minnatdorchilik bildirmoqchi edik.
- Taklif uchun tashakkur. Suhbatimizni intiqlik bilan kutkan edim.
- Xo’sh, unday bo’lsa ko’p o’ylanmasdan intervyuimizni boshlaymiz!
- Xozirgi kunga qadar qaysi davlatlarga tashrif buyurgansiz, janob?
- Hmm, men Albaniyadan erta ketganman, shuning uchun men tashrif buyurgan davlatlar kam emas. Ular ichida Italiya, Shveytsariya, Meksika, xamda Frantsiya davlatlari bo’r. Parle vu franse!
- Siz tashrif buyurgan davlatlar orasida eng esda qolgani qaysi?
- Bu yaxshi savol. Ammo, ehtimol, mening esimda eng yaxshi qolgan davlat Meksikadir. U yerning madaniyati, milliy ovqatlari va barcha boshqa lahzalari shunchalik rang-barang, yorqindir. Ko’zni qamashtiradigan davlat, to’g’risini aytib o’tsam!
- Ushbu mamlakatlarda siz qanday yo’nalishlarda ish olib borgan edingiz?
- Men jismoniy tarbiya o’qituvchisi bo’lib ishlagan edim. Va bizning litseyda xuddi shu lavozimda ishlashni rejalashtirgandim, ammo pandemiya tufayli rejalarimni amalga oshira ololmadim.
- Nima uchun butun dunyodagi davlatlar orasidab aynan O’zbekistonni tanladingiz?
- O’zbekistonni tanlash majburiy qarorning bir turi edi. Menda sizning mamlakatingiz bilan Vetnam o’rasida tanlov imkoni bor edi. Ammo xotinim va menga ishga taklif kelganidan so’ng, biz O’zbekistonni tanladik.
- O’zbekiston haqida biron bir stereotip noto’g’ri bo’lib chiqdimi?
- Ha, bu yerdagi odamlar men o’ylagandan ko’ra mehmondo’stroq ekan.
- O’z tasdiqini topkan stereotip haqida esa nima deyishingiz mumkin?
- Sizlar rostan ham o’z mamlakatingizni juda qadrlaysizlar.
- Mamlakatimizda eng hayratlanarli narsa nima edi?
- Afsuski, O’zbekiston hali ham o’tmishda qolgan davlatdir. Balkim ko’pchilik uchun bu kutilgan hodisa bo’lgandir, lekin men uchun emas.
- Sizning vataningiz, Albaniya va O’zbekiston o’rasida o’xshashliklar bormi?
- Ushbu ikkala mamlakatlarda bitta din, oshxona va musiqasi o’xshash. Agarda milliy liboslarga ahamiyat bermasdan aytatgan bo’lsak, bizning millatlar juda o’xshashar deb o’ylayman.
- Siz Toshkentdan tashqari O’zbekistonning boshqa shaharlarida bo’lganmisiz?
- Afsuski, faqat Samarqandda. Yodimda qolgani, u yer juda issiq bo’lgani. Samarqandda tasavvurga sig’maydigan joylar ko’p edi va u yerlardan men sizning yurtingiz tarihi haqida juda ko’p yangiliklarni bilib oldim.
- Qaysi davlat keyingisi bo’ladi?
- Kelin shu savolni kelajak uchun qoldiraylik. Men bashorat qilishni yoqtirmayman.
- Sevimli milliy oshxonangiz?
- Mutlaqo Albaniya oshxonasi.
- IHTda ishlab, erishishingiz mumkin bo’lgan maqsadingiz bormi?
- Albatta! Men o’qituvchi sifatida yuqori darajaga ko’tarilishni xohlayman. O’sishni, shunday qilib aytish mumkin bo’lsa.
- Litseyimiz haqidagi taassurotlaringiz qanday?
- Boshqa o’zbek ta’lim muassasalari bilan solishtiradigan bo’lsak, IHT o’quv jarayonini takomillashtirib, ta’lim sifatini yaxshilashni xohlaydi.
- IHTda sizga ko’proq nima yoqdi?
- Balki men o’zimni takrorlayotgan bo’lishim mumkindir, lekin bu yerda men har kuni o’rganish uchun yangi narsalar topaman.
- Nega litsey o’quvchilariga dars berishga qaror qildingiz?
- Universitetda san’at fakultetida o’qigan kunlarimda o’qituvchilik darslari bor edi. O’sha paytda o’qituvchi bo’lish haqida oylamagandim ham. Lekin xotinim o’qituvchi bo’lgani uchun menga ham ilhom keldi.
- Sizning ishingizdagi eng sevimli narsa nima?
- O’quvchilari bilan muloqot qilish va tajriba almashish.
- O’z tashqi uslubingiz uchun qayerdan ilhom olasiz?
- Bu juda uzoq yo’l bo’lgan. Bir paytlar men pank ham bo’lgan edim, rang-barang sochlarim va pirsing ham bor bo’lgan. Hozir bu haqda o’ylash juda g’ayritabiiy. O’ylaymanki, hozirgi uslub menga juda mos kelgan.
- Bizning mamlakatda sizning tashqi uslubingiz, odamlarda sizga nisbatan shubhali qarashlar uyg’otadimi?
- Aytaylik, kimdirlar uchun mening stilim katta yangilik bo’lgani sababli, ular uchun bu juda qiziqdir. Ba’zan ko’chada insonlar men bilan selfi tushish uchun to’xtashadi.
- Birinchi ishingiz qanday ish bo’lgan edi?
-
- Vau! Bu ish qo’shimcha daromad edimi?
- Yo’q, mutlaqo unday emas. Men har doim o’zimga sarmoya qilib to’la ish vaqtida ishlagandim.
- Hayotingizda nimadan minnatdorsiz?
- Men erishgan hamma narsalar uchun minnatdorman.
- Hech ishingiz uchun biror narsadan voz kechishga majbur bo’lganmisiz?
- Oilam bilan o’tkazishim mumkin bo’lgan vaqtimdan voz kechishimga tog’ri kelgan.
- Agar ilgari yashagan har qanday inson bilan uchrashish imkoniga ega bo’lganingizda, u kim bo’lar edi?
- Menimcha bular mening bobom va buvim bolishar edi. Men ularni juda yaxshi ko’raman va ba’zida ularning ko’magi yoki maslahatiga muhtoj bo’laman.
- Sizningcha, maktabda olgan baholaringiz hayotingizda muhim bo’lib chiqdimi?
- Bilasizmi, oylashimcha, bizni shaxs qiladigan narsa baholash emas, balki biz olgan bilimlardir.
- Chet tillarni o’rganayotganlarga qanday maslahat bera olasiz?
- To’siqlarni buzing. Imkon qadar o’rganayotgan tilingizda ko’proq gapiring. Uyalmang, xato qilishdan qo’rqmang. Hayot sizga beradigan har qanday imkoniyatdan foydalaning.
Shu yerda jurnalistimizning savollari tugadi, chunki intervyu uchun ajratilgan vaqt ham o’z yakuniga etti. Oqiganingiz uchun minnatdormiz.
Muallif: Kira Shamsutdinova, 1SG1 @kira_mercury
O’zbek tiliga tarjima: Xoshimxodjeva Anora, 1SG1 @maybe.anora
Foto: Tavxidova Adelina, 1MTN2 @dvrseau