contact@iht.uz +998 71 237-31-70

Litsey o’quvchilarining Moskvaga safari sarxisobi

Shunday qilib, bizning o’quvchilarning Moskva shahriga safari o’z nihoyasiga yetdi. Xulosa qilish vaqti keldi.
Bu bizning talabalar uchun eng unutilmas hafta bo’ldi!
Bir hafta ichida ular Moskva va Moskva viloyatining ko’p qismlariga tashrif buyurishdi. Turli ko’rgazmalar, tadbirlar, muzeylar va diqqatga sazovor joylarni aylanishdi. Har kun turli xil tadbirlarga juda boy bo’ldi.

Har kuni, bolalar ko’ngilochar tadbirlarga qatnash bilan bir qatorda, MGIMOning Odintsovo filialida o’qishdi va ЕГЭ sinov imtihonlarini topshirishdi.

Birinchi kuni bolalar Moskvaning markaziga, ya’ni, qizil maydonga bordilar. Aynan, Kreml, «Xрам Василия Блаженного», «Большой театр», «ГУМ», «Арбат», «Китай-город» ga.

Ertasi kuni MGIMO sinflaridagi o’quvchilar Markaziy MGIMO Universitetiga bordilar, u erda universitetga ekskursiya va ushbu universitetga kirish bo’yicha maslahatlar berildi. Shuningdek, ular MGIMO tarix muzeyiga, Nodir kitoblar kutubxonasiga, «Yaxshilik» ko’ngilli klubiga tashrif buyurib, universitet talabalari bilan uchrashib, o’qish bo’yicha o’z savollariga javob oldilar.

Haftaning uchinchi kuni bayramga kuniga to’g’ri keldi. Shu kuni barcha bolalar VDNH parkiga bordilar, u erda ajoyib vaqt o’tkazdilar. Ushbu parkda turli xil muzeylar mavjud edi, ammo ulardan faqat ikkitasiga o’quvchialr tashrif buyurishga muvaffaq bo’lishdi: «Rossiya-mening tarixim» va «Kosmonavtika» muzeyiga. O’sha kuni o’quvchilar juda ko’p bo’sh vaqtga ega edilar. Bundan tashqari, o’quvchilarimiz litseyimiz bitiruvchilari, Saydaminova Amina, Abidova Shahlo, Nigmanov Saida’lo va hozirgi paytda Rossiya Federatsiyasining turli oliy o’quv yurtlarida tahsil olayotgan qolgan litseyimiz bitiruvchilari bilan uchrashdilar.

Payshanba kuni ko’proq o’quv kuni bo’ldi. Tushlikdan oldin bolalar darslarda, tushlikdan keyin esa ular Zakovat intellektual o’yinida ishtirok etishdi va faxrli birinchi oringa sazovor bo’lishdi. Darslardan so’ng o’quvchilar ko’ngilochar savdo markaziga yo’l olishdi.

Juma kuni o’quvchilar uchun o’qishdan tashqari, «Shopping» kuni edi, chunki ular Moskvadagi eng yirik ko’ngilochar savdo markazlaridan biriga bordilar.

Shanba kuni o’quvchilar MGIMO universiteti qabul komissiyasi bilan uchrashishdi. MGIMO universiteti qabul komissiyasi universitetga kirish haqida batafsil ma’lumot berib, ularning barcha savollariga javob berishdi. Bundan so’ng, litseyimiz o’quvchilari mehmonxonaga yo’l olishdi chunki bu Moskva shahriga safarning oxirgi kuni edi.

Maqolani 2MTN2 guruh o’quvchisi Xoldarova Taxmina tayyorladi
Tarjimon: Karimjonov Murod