contact@iht.uz +998 71 237-31-70

Аkademik litseylarga kirish test sinovlari vaqti e’lon qilindi

⚡️Аkademik litseylarga kirish test sinovlari joriy yilning 22 avgust kuni Davlat test markazi tomonidan maxsus belgilangan hududlarda oʼtkaziladi.

Test sinovlari bir smenada oʼtkazilib soat 8:00 boshlanadi.

Аkademik litseylarga hujjat topshirib 1-bosqich dastlabki yozma imtihonlardan muvaffaqiyatli oʼtgan oʼquvchilar litsey.edu.uz saytidagi shaxsiy kabinetiga oʼzining login va paroli bilan kirgan holda ruxsatnomani yuklab olishi mumkin, ruxsatnomani hujjat topshirgan akademik litseylardan ham olishlari mumkin boʼladi.

Talabgorlardan test sinovi oʼtkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida 1 soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan kelishlari soʼraladi.

Batafsil ma’lumot: https://t.me/eduuz/10009