contact@iht.uz +998 71 237-31-70

Begin Expo. «Xalqaro ta’lim» ko’rgazmasi.

25 fevral kuni «International Hotel Tashkent» mehmonxonasida «Xalqaro ta’lim» ko’rgazmasi bo’lib o’tdi. Ushbu tadbir chet ellik talabalarni chet el universitetlariga jalb qilish va o’quv jarayoni to’g’risida to’liq ma’lumot berish maqsadida tashkil etildi. Har yili barcha yoshdagi odamlar ushbu ko’rgazmaga tashrif buyurishadi va xalqaro ta’lim sohasidagi taniqli axborot platformalaridan biri hisoblanadi.

TIQXMMI «International House Tashkent» akademik litseyi ushbu tadbirni tashkil etishga o’z hissasini qo’shdi. Litsey o’quvchilari ko’rgazmaga ko’ngillilar sifatida jalb qilindi va bu ularning tashkilotchiliklari  va jamoat ishlarida faol ekanliklarini yana bir bor isbotladi.