contact@iht.uz +998 71 237-31-70

Birinchi kurs xuddi birinchi sinf kabi

Bugun bayram, yangi o’quv yilining boshlanishi, ayniqsa o‘quvchilar va o’qituvchilar uchun. An’anaga ko’ra, bu kuni “International House-Tashkent” akademik litseyda o’quv yilining boshlanishiga bag’ishlangan tantanali yig’ilish bo’lib o’tdi. Litsey ma’muriyati va o’qituvchilari maxsus tantanali ravishda birinchi kurslarni va bu yil bitiradigan ikkinchi kursni kutib olishdi.

Ushbu kutib olish marosimida direktor o’rinbosari N.N. Rustamovaning an’anaviy nutqi tinglandi.  Shuningdek, litsey o’quvchilarining o’z tengdoshlariga tabrik so’zlari ham o‘qib eshittirildi.

Tantanali marosimdan keyin har bir sinfda O’zbekistonning birinchi prezidentiga bag’ishlangan «Mustaqillik» va «Xotira» darslari bo’lib o’tdi.

Ushbu bayram barcha o’qituvchilar, talabalar va ularning ota-onalari uchundir. Sizni ushbu ajoyib kun bilan tabriklaymiz va eng muhimi hayotdagi donolikni eslab qolishingizni tilab qolamiz. Kundalik tashvishlarni yengishga yordam beradigan bilim, donolik uchun hayotingizda doimo joy bor.