contact@iht.uz +998 71 237-31-70

Bizning oramizdagi Chempionlar

«TIQXMMI» MTU «INTERNATIONAL HOUSE TASHKENT» akademik litseyi o’quvchisi —futbol bo’yicha ayollar yoshlar terma jamoasi a’zosi Zahro Anarbayeva Markaziy Osiyo chempioni bo’ldi.

Toshkentda Bunyodkor jamoasida 16-raqamda darvozabon sifatida o’ynaydigan 1sg1 guruhi o’quvchimiz Zahro Anarbayeva O’zbekiston sharafini himoya qilish uchun Dushanbe shahriga yo’l oldi.

2022-yil oktabr oyida Markaziy Osiyo futbol assotsiatsiyasi u-15 (CAFA) yoshlar chempionatida ishtirok etish uchun futbol bo’yicha O’zbekiston o’smirlar terma jamoasi Tojikiston poytaxtiga yo’l oldi. Turnirda faqat uchta terma jamoa ishtirok etdi: Eron, Tojikiston, O’zbekiston.

Ikki uchrashuvda O’zbekiston 1 g’alaba va 1 durang natija qayt etib, kiritilgan gollar soni bo’yicha O’zbekiston Markaziy Osiyo chempioni bo’ldi. Zaxro Anarbayeva chempionat davomida deyarli bitta gol o’tkazmadi va mana shunday o’quvchilar «INTERNATIONAL HOUSE TASHKENT» akademik litseyida tahsil olayotganidan bexat mamnunmiz !

Biz chin dildan Zaxro Anarbayevani chempionlik bilan tabriklaymiz va shunday o’quvchilarimiz borligidan faxrlanamiz!