contact@iht.uz +998 71 237-31-70

«Interhouse» akademik litseyi Turkiya Respublikasi kunini nishonlamoqda

29-oktabr kuni «TIQXMMI» MTU «International House Tashkent» akademik litseyida Turkiya Respublikasi tashkil etilganligining 99 yilligiga bag’ishlangan bayram tadbiri bo’lib o’tdi.

«International House Tashkent» da bizning turk fuqarolarimiz, hozirgi o’quvchilar Gulnoza Bahodirovna boshchiligida milliy bayram-Respublika kuni sharafiga bayram tomoshasini tashkil etishdi. Aynan shu kuni 1923 yilda Turkiya Respublika deb e’lon qilindi va har yili 29 oktyabrda turk xalqi ushbu bayramni nishonlab kelomoqda.

Ta’kidlash joizki, konsert dasturini litsey o’quvchilari-Turkiya fuqarolari o’zlari tashkil etishdi, tadbirga turk o’quvchilarimizning ota-onalari ham tashrif buyurishdi. Bizning Turk fuqaro-o’quvchilarimiz musiqiy dastur, xalq raqslari bilan chiqish qilishdi, she’rlar o’qishdi va Turkiya Respublikasi she’riyatiga murojaat qilishdi.

Bunday qisqa vaqt ichida o’quvchilarimiz ko’p ishlarni amalga oshirdilar, ayniqsa litsey ma’muriyatiga minnatdorchilik bildiramiz va ushbu tadbirning barcha ishtirokchilariga katta minnatdorchilik bildiramiz. Tadbir o’quvchilarning oilaviy va guruh fotosuratlari bilan yakunlandi.