contact@iht.uz +998 71 237-31-70

Londonda ta’til kunlari!

«TIQXMMI» MTU «International House Tashkent» akademik litseyining 1-2 kurs o’quvchilari 11 fevral sanasidan boshlab Buyuk Britaniya davlatining London shahrida o’z ta’tillarini samarali o’tkazishmoqda.

2022-yil boshidan boshlab «International House Tashkent» litseyida akademik mobillik dasturlari va chet elda talabalarning stajirovkaga yuborish amaliyoti qayta tiklandi. Ushbu dastur litseyda ancha yildan beri amal qilib kelmoqda. Shu vaqt ichida litsey o’quvchilari AQSh, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Rossiya va boshqa mamlakatlarga tashrif buyurishdi.

London dunyodagi eng jozibali shaharlardan biridir. Millionlab sayyohlar har yili uning diqqatga sazovor joylarini ko’rishga tashrif buyuradilar. Litsey o’quvchilarining Londonga safarining maqsadi ingliz tilini takomillashtirish, bebaho tajriba orttirish va madaniy an’analar va tumanli Albionning tarixiy diqqatga sazovor joylaridan bahramand bo’lishni tashkil etadi.

Madaniy dasturdan tashqari, litsey o’quvchilari Burlington School Residence-da o’qiydilar. Ma’lumot uchun Londondagi Burlington ingliz Tili maktabi 1990 yilda ochilgan va shu vaqtdan boshlab har yili ingliz tili kurslarini tashkil etadi va butun dunyodan talabalarni qabul qiladi. O’quv dasturi o’quvchilarni zamonaviy global muhitda yashash, ishlash va o’rganishga yordam beradigan ingliz tilini o’rganish uchun kommunikativ yondashuvni qo’llab keladi.