contact@iht.uz +998 71 237-31-70

MGIMO va HSE universitetlarida bo’lib o’tgan o’quv stajirovka haqida

23-30 aprel kunlari «TIQXMMI» MTU «International House Tashkent» akademik litseyining 70 nafar va JIDU qoshidagi akademik litseyning 17 nafar o’quvchilari hamda 9 nafar kuzatuvchilar Moskvada Rossiya Federatsiyasining eng nufuzli ikkita ta’lim muassasalarida-MGIMO universiteti va Oliy iqtisodiyot maktabida o’quv amaliyotini o’tkazdilar.

O’quv stajirovkaning birinchi kunidan boshlab o’quvchilar uchun maxsus tuzilgan jadvalga ko’ra ular kunning birinchi yarmida o’quv muassasalarda o’qiydilar va tushdan keyin kunlik madaniy hordiq oladilar.

Amaliyot davomida akademik litseylarning o’quvchilari Kreml maydoniga, Moskva city ga, VDNX maydoniga tashrif buyurib, Moskva metrosi bo’ylab sayr qilishdi.

Shuningdek, o’quv mashg’ulotlari haqida to’xtalib o’tamiz. Safarning ikkinchi kunidan boshlab MGIMO va VTN guruhlari uchun materialni qulay o’zlashtirish va uni amalda qo’llash maqsadida ma’ruzalar, seminarlar, interaktiv o’yinlar va boshqa mashg’ulotlar tashkil etildi.

Ushbu sayohat «TIQXMMI» MTU «International House Tashkent» akademik litseyi va uning ta’lim hamkorlarining erishilgan kelishuvlari tufayli amalga oshirildi, bu esa akademik litseyning iqtidorli oq’uvchilariga sifatli ta’lim olish va o’z bilim chegaralarini kengaytirish imkoniyatini beradi.