contact@iht.uz +998 71 237-31-70

Miss Interhouse 2021

2021 yil 6 mart kuni TIQXMMI International House Tashkent Akademik litseyida birinchi kurs qizlari uchun “Miss InterHouse 2021” tanlovi o’tkazildi.

Har bir guruh o’zlarini, qobiliyatlari va iste’dodlarini mukammal ko’rsata olgan munosib nomzodlarni olib chiqdi.

Qizlarni mahoratlarini baholashga xakamlar sifatida o’tirish imkoniyati bizning hurmatli o’qituvchilarimiz va ma’muriyatimizga nasib etdi. Tanlovda ishtirokchilar 4 bosqichda 10 ballik tizimda baholandilar:

  1. Tanishuv
  2. Salat tayyorlash bo’yicha mahoratingizni ko’rsating
  3. O’z iste’dodingizni ko’rsating
  4. Prezidentning bitta tashabbusi haqida gapirib bering

Barcha ishtirokchilar ajoyib taqdimotlar namoyish etdilar, mazali salatlar tayyorladilar va tomoshabinlarni o’zlarining qobiliyatlari: qo’shiq aytish, xoreografiya, aktyorlik, oshpazlik va boshqalar bilan tanishtirdilar.

To’rt tur natijalariga ko’ra Miss InterHouse unvoni ishtirokchilar orasida eng yaxshi natijani ko’rsatgan 1SG1 guruh o’quvchisi Mirzaeva Mohiraga berildi. Bu tanlovda  g’oliblar va yutqazuvchilar yo’q – barcha ishtirokchilar turli nominatsiyalar bo’yicha g’olib bo’lishdi hamda tiaralar va diplomlar bilan taqdirlanishdi

Ishtirokchilar nominatsiyalari:

  1. Miss Sehrli ovoz – Qobulniyazova Lobar 1tn3
  2. Miss Maftunkor tabassum – Pribytkova Anjelina 1tn4
  3. Miss Gratsiya – Mavlyanova Sevinch 1tn1
  4. Miss Creativ – Karimbayeva Roxana 1mtn1
  5. Miss Oltin qo’llar – Abdumo’minova Sarvinoz 1af1
  6. Miss Noziklik – Raxmonova Diyora 1af1
  7. Miss Joziba – Xoldarova Taxmina 1mtn2
  8. Miss Individuallik – Rixsieva Sarvinoz 1af3
  9. Miss Iste’dod – Abdujabbarova Shahrizoda 1tn2
  10. Miss Ilhomiylik – Safarova Farzona 1af2

Biz o’quvchi qizlar va ayol o’qituvchilarni Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan tabriklamoqchimiz!

 

Matn muallifi: Abbosova Kamila 1MTN2 @kami_a_23

Redaktor: Xalikova Dono 1TN4 @danaliyaa