contact@iht.uz +998 71 237-31-70

«MISS INTERHOUSE 2022»

2022 yil 5 mart kuni «TIQXMMI» MTU «International House Tashkent» akademik litseyida «Miss Interhouse 2022» tanlovi o’tkazildi.

Ushbu tadbirda birinchi kurs talabalari ishtirok etdilar. Har bir guruhdan bir nafar ishtirokchi tanlab olindi.

«Miss Interhouse 2022» tanlovi uch bosqichda o’tkazildi:

1) “O’zingizni taqdim eting” bosqichi

2) “Mazali salat” tayyorlash bosqichi

3) O’z iqtidoringni namoyish et” bosqichi

Barcha ishtirokchilar katta tayyorgarlik ko’rishgani bilinib turdi va ular hakamlarda katta taassurot qoldirdilar. Qizlarning har biri noyob va betakror edi, har bir tayyorlangan salat o’qituvchilar va ma’muriyatlar oldida hakamlar hay’ati a’zolariga mamnun keldi. Har bir nomzodning iste’dodi tadbir tomoshabinlarini quvontirdi. Raqslar, she’rlar, musiqa asboblari, qo’shiqlar va turli xil musiqa navolari ushbu tanlovda o’z sadosini topdi.

Tanlov natijalariga ko’ra, barcha ishtirokchilar turli xil nominatsiyalar bo’yicha maxsus mukofotlarga sazovor bo’lishdi:

Miss individuallik-Nazrulaeva Hilola, 1tn1 guruhi.

Miss talant-Abdrimova E’zoza, 1tn2 guruhi.

Miss positiv – Ukubaeva Azhar, 1mtn1 guruhi.

Miss vizual xayrixohlik-Mollaxunova Alinur, 1sg1 guruhi.

Miss Gratsiya-Iboddulayeva Dilsora, 1af1 guruhi.

Miss Golden Hands-Xasanova gozal, 1af2 guruhi.

Miss Xushmuomalalik-Maxmudova Diera, 1tn4 guruhi.

Miss Creativity-Daminova Madina, 1af3 guruhi.

Va nihoyat, butun tanlovning uzoq kutilgan nominatsiyasi…

“Miss interhouse 2022” tanlovi g’olibi hakamlar hay’ati ovoziga ko’ra 1mtn2 guruh o’quvchisi ajoyib qiz va chiroyli ovozning egasi Sharipova Zebo deb topildi!

Akademik litsey direktoriga, mazkur tadbirni tashkil etish uchun ma’muriyat va o’quvchi assistentlarga o’z minnatdorchiligimizni bildiramiz.

Matn muallifi: Yuldasheva Malika 1tn1.
Videorolik muallifi: Mahmudov Abbos 1mtn2