contact@iht.uz +998 71 237-31-70

«MISSINTERHAUS 2020» tanlovi

2020 yil 5 mart kuni TIQXMMI «International House Tashkent» akademik litseyida har yili o’tkaziladigan «Miss Interhouse» tanlovi bo’lib o’tdi. Litseyning 9 nafar talaba qizlari «Miss Interhouse – 2020» faxrli unvoni uchun kurashdilar.

Ushbu sana bizning litseyimiz uchun taqvimdagi eng yorqin kun edi, shu bilan birga tanlov qatnashchilari tomonidan taqdim etilgan barcha chiqishlar  yorqin va unutilmas taassurotlarni qoldirdi.

Barcha ishtirokchilar 4 bosqichdan o’tdi: tashrif qog’ozi, ovqat tayyorlash, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 5 tashabbusi bo’yicha taqdimot va ijodiy chiqish.

Tomoshabinlar hayratlanarli vokal, xoreografiya ajoyibligi, a’lo aktyorlik mahorati va ko’plab qiziqarli chiqishlardan zavqlanishdi.

Shuningdek, ishtirokchilar O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning 5 tashabbusi bo’yicha o’z biznes rejalari, g’oyalari, sahnalari va videoroliklarini namoyish etdilar.

Leave a Reply