contact@iht.uz +998 71 237-31-70

«Murad Buildings» asoschisi «International House Tashkent» akademik litseyiga tashrif buyurdi

14 dekabr kuni Murad Buildings asoschisi Murod Nazarov “TIQXMMI” MTU “International House Tashkent” akademik litseyiga tashrif buyurdi.

Ochiq muloqotda Murod Nazarov o’quvchilarga o‘zi va korxonasi haqida gapirib berdi. U biznes mavzusini, uni qanday boshlash kerakligini ochib berdi va o’zining shaxsiy tajribasidan buni amalga oshirish metodologiyasini ko’rsatdi.

Litsey o‘quvchilari taklif etilgan mehmonga o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi. Aytish joizki, Murod Nazarov o‘quvchilarning savollariga qarab, ularning bilimdonligini alohida ta’kidladi.

Uchrashuvda vaqtni boshqarish mavzusiga alohida e’tibor qaratildi, tinglovchilar Murod Nazarovning o‘z misolida mashhur “Hayot balansi g‘ildiragi” texnikasi haqida batafsil ma’lumot oldi.

Yakunda mehmonimiz Akademik litseyning Faxriy mehmonlar kitobiga o‘z tilaklarini yozib, “International House Tashkent” akademik litseyi o‘quvchilari bilan birgalikda suratga tushdi.

Litsey rahbariyati va o‘quvchilari Murod Nazarovga vaqt ajratib litseyimizga tashrif buyurgani uchun minnatdorchilik bildiradilar. Shuningdek, direktor o’rinbosari Rustamova Nailya Narimanovnaga shunday muhim va qiziqarli insonni taklif qilgani uchun alohida minnatdorchilik bildiramiz.