contact@iht.uz +998 71 237-31-70

S. T. E. A. M. ta’limi istiqbollari

Bugun, 15-sentabr kuni «TIQXMMI» MTU «International House Tashkent» akademik litseyida birinchi va ikkinchi kurs talabalari o’rtasida Janob Leo (NUWA Robotics asoschisi va bosh direktori) va janob Rey Xang (NUWA marketing direktori) bilan robototexnika mavzusi bo’yicha uchrashuv bo’lib o’tdi.

Uchrashuvda bizning mehmonlarimiz ushbu sohadagi tajribalari bilan o’rtoqlashdilar, robotlar hozirgi paytda qanday rol o’ynashini, ularni yaratish qancha va qanchalik qiyinligini, ushbu yo’nalishda ishlash istiqbollari haqida gaplashdilar va hatto o’zlarining shaxsiy robotlarini namoyish etdilar va uning imkoniyatlari haqida gaplashdilar.

Ushbu tadbirga tashrif buyuruvchilar, ayniqsa, o’zbek uslubida ijro etilgan robot raqsini, shuningdek, dunyoning barcha tillarida suhbatni davom ettirish qobiliyatiga ega robotning ko’nikmalaridan xayratlanishdi. Bundan tashqari, NUWA Robotics Corp. vakillari bolalar bilan suhbat davomida berilgan ko’plab savollarga javob berishdi.

Biz litseyimiz ma’muriyatiga bunday odamlar bilan muloqot qilish imkoniyati uchun, shuningdek, janob Leo va janob Rey bizga tashrif buyurgani uchun minnatdorchilik bildirmoqchimiz!