contact@iht.uz +998 71 237-31-70

Shaxmat bo’yicha litsey turniri

Shaxmat-ilm-fan, san’at va sportni birlashtirgan noyob o’yin, zamonaviy inson uchun juda zarur bo’lgan fazilatlarni rivojlantiradi: aqliy qobiliyat, uzoqni ko’ra bilish, analitik va mantiqiy fikrlash, mustaqillik, maqsadga erishishda qat’iyatlilik, qaror qabul qilish uchun javobgarlik, vaqtni qadrlash va saqlash qobiliyati.

16-noyabr kuni «TIQXMMI» MTU «INTERNATIONAL HOUSE TASHKENT» akademik litseyida birinchi va ikkinchi kurs o’quvchilari o’rtasida shaxmat bo’yicha turnir bo’lib o’tdi, unda 50 dan ortiq o’quvchi o’z bilimlarini sinovdan o’tkazishdi.

Turnirda o’rinlar quyidagicha taqsimlandi: birinchi o’rin Raxmatkariyev Ibrohim (1mtn-1), ikkinchi o’rin Abbosov Ziyodulloh (2tn — 1) va uchinchi o’rin Isroilov Davrbek (1tn-4).

Birinchi o’rin Raxmatkariyev Ibrohim (1mtn-1)
Ikkinchi o’rin Abbosov Ziyodulloh (2tn-1)
Uchinchi o’rin Isroilov Davrbek (1tn-4)

Students’ Union va litsey ma’muriyati nomidan g’oliblarga sertifikatlar va esdalik kuboklari topshirildi?

Barcha ishtirokchilarga o’z minnatdorlichiligimizni bildiramiz!