contact@iht.uz +998 71 237-31-70

TIQXMMI “International House Tashkent” AL ga sinov tariqasidagi kirish imtihonlarining birinchi haftasi

Yaqinda biz 8 maydan boshlab har shanba kuni soat 11.00 da litseyimizda 9-sinf 2020-2021-o‘quv yili bitiruvchilari uchun TIQXMMI “International House Tashkent” AL ga sinov tariqasidagi kirish imtihonlarini topshirishlari mumkinligini ma‘lum qildik. Bugun shu imtihonlarning birinchi haftasi bo‘lib o‘tdi va ushbu yangilikni yaqinda elon qilganimizga qaramay, mazkur imtihondan o‘tish uchun 150 dan ortiq abituriyent qiziqish bildirdi va faol ishtirok etdi.

Sinov tariqasidagi kirish imtihonlari bilimlaringizdagi kuchli va zaif tomonlarini bilish, shuningdek, muayyan mavzularda yetishmayotgan bilimlarni aniqlash uchun ajoyib imkoniyatdir.

Ro‘yxatdan o‘tish quyidagi havola orqali amalga oshiriladi: bu yerni bosing!

Qo‘shimcha maʼlumot uchun: +99898-121-63-62+99899-906-00-00

Telegram: t.me/interhouseadmission

Instagram: @interhouseblog

Sayt: iht.uz