contact@iht.uz +998 71 237-31-70

«The autumn ball» — 2022

26 noyabr kuni TIQXMMI MTU «INTERNATIONAL HOUSE TASHKENT» akademik litseyida o’quvchilarimizning ijtimoiy hayotida muhim voqea bo’lgan «Kuz bali » bo’lib o’tdi.

Tadbir avvalida Students Union prezidenti mehmonlarni qutlab nutq so’zladi. Shuningdek, litseyimiz musiqa klubining iqtidorli yoshlari, boshlovchilar — 1sg1 guruhidan Podzorova Yekaterina va Nematullayeva Jasmina hamrohlik qilishdi. Litseyimiz o’quvchilari ikki haftadan ko’proq vaqt davomida tayyorlagan valsni namoyish etishdi.

To’rt bosqichli tanlovda 1 va 2-kurs o’quvchilari ishtirok etishdi. Mr&Ms Autumn unvoni Hametova Alina va Najmiddinov Fazliddinga nasib etdi.

Mr & Ms Autumn 2022: Xametova Alina va Najmiddinov Fazliddin

Tadbir o‘zgacha, iliq ruhda o‘tdi va barcha ishtirokchilarning qalbida iz qoldirgani shubhasiz.