contact@iht.uz +998 71 237-31-70

«TIQXMMI» MTU «International House Tashkent» litseyining faxrli o’quvchilari

Bugun biz sizga tengdoshlari orasida akademik yutuqlar, shuningdek, litseyning ijtimoiy hayotidagi faoliyati bilan ajralib turadigan 2-bosqich o’quvchilarini tanishtirishdan mamnunmiz. Quyidagi beshlik litseyning ko’p yillik an’analarini davom ettirdi, ya’ni bu bolalar dunyoning eng zo’r xorijiy universitetlariga o’qishga kirib, grantlar va stipendiyalarni qo’lga kiritishdi. Hozir esa sizni har bir o’quvchimiz bilan batafsil tanishtiramiz.

Muhammad Otabek Yusupov: 2tn1 guruh o’quvchisi

Quyidagi universitetlarga o’qishga erta qabul qilindi:
Frankfurt School of Finance and Management.
Adelphi University: $96000 scholarship
The University of Arizona $74000 scholarship
Irkutsk National Research Technical University: $5000 scholarship
Drexel University
Purdue University
British Management University
TEAM University
Umumiy chegirma narxi: $180000

– Universitetlarga hujjat topshirish kerak bo’lgan tengdoshlaringizga qanday maslahat berasiz?

Men moliyaviy va iqtisodiy sohaga qiziqaman, chunki mening oilam bu ish bilan chambarchas bog’liq. Ko’plab oliy o’quv yurtlariga kirib, o’z tajribamga asoslangan maslahatlarni baham ko’rmoqchiman. Eng katta maslahat sizning kelajagingiz faqat o’zingizga bog’liqdir. Chet el universitetlarini tanlashda, nafaqat maqom va xarajatlarga, balki universitetning joylashgan joyiga, boshqa mamlakatlardan kelgan talabalar soniga ham e’tibor bering. Suhbatga ko’proq tayyorgarlik ko’ring, chunki sizning muloqot qilish qobiliyatingiz va oratorlik san’atingiz sizni boshqa qobiliyatli abituriyentlardan ajratishga yordam beradi. Bundan tashqari, hujjat topshirish bo’yicha aniq muddatlarni unutmang.

Pribitkova Angelina: 2tn4 guruhi o’quvchisi

Quyidagi universitetlarga o’qishga erta qabul qilindi:
Oliy Iqtisodiyot maktabi «Psixologiya» yo’nalishi bo’yicha 364.000 rubl chegirma soxibasi. Xalqaro yoshlar olimpiadasi-2022 «Psixologiya» yo’nalishi 3 o’rin egasi bo’lish Pribitkova Angelinaga Oliy Iqtisodiyot maktabining bir qancha kampuslarida o’qish imkonini beradi:
Falsafa( Moskva), Psixologiya (Moskva), Biznes boshqaruvi (Perm, Nijniy Novgorod).

Nima uchun siz aynan psixologiya yo’nalishini tanladingiz?

Mening tanlovim bu Oliy Iqtisodiyot Maktabi. Men doimo odamlarga o’z muammolarini hal qilish, tinglash yoki tasalli berishga yordam berishni xohlayman. Shu munosabat bilan psixologiya yo’nalishini tanladim.
Men tengdoshlarimga ushbu universitet qabul qoidalari haqida maslahat berishdan mamnunman. Men sizga ta’lim sohasidagi yangiliklarni, ya’ni olimpiadalarni kuzatishni maslahat beraman, chunki ular sizning universitetga erta qabul qilinishingizga katta yordam beradi.

Rasulov Javohir: 2sg1 guruhi o’quvchisi

Quyidagi universitetlarga o’qishga erta qabul qilindi:
University of Arizona $74000
University of Tulsa $64000
Florida Tech University $40000
University of Indianapolis $76000
Bangor University $11000
Umumiy chegirma narxi: $265000

Biz sizni bir necha TOP oliy o’quv yurtlariga o’qishga erta qabul qilinganingizni bilamiz, lekin siz qaysi universitetda o’qishni davom ettirishga qaror qildingiz?

5 ta xorijiy universitetlariga kirib, boshqa universitetlarning javoblari ham kutyapman, chunki barcha universitetlardan kelgan javoblardan kelib chiqib qaror qabul qilishni rejalashtirmoqdaman.Bir vaqtning o’zida bir necha universitetga o’qishga qabul qilinganligim meni quvontiradi, chunki ayni damda menda barcha turdagi universitetlarni tahlil qilish va taqqoslash uchun ancha ko’p vaqt bor. Rostini aytganda, Arizona universitetida tahsil olishni mo’ljallab turipman, sababi men ushbu universitetning Siyosiy fanlar fakultetiga talabalikka tavsiya etildim.

Ergasheva Ziyoda: 2tn4 guruh o’quvchisi

Quyidagi universitetlarga o’qishga erta qabul qilindi:
Oliy Iqtisodiyot maktabi «Sharqshunoslik» yo’nalishi bo’yicha o’qishga taklif etildi. Xalqaro yoshlar olimpiadasi-2022 «Sharqshunoslik» yo’nalishi 3 o’rin egasi bo’lish Ergasheva Ziyodaga Oliy Iqtisodiyot maktabining Moskva va Sankt Peterburg shaharlaridagi kampuslarida «Sharqshunoslik» yo’nalishi bo’yicha tahsil olish imkonini beradi.

Sizni qaysi fan ko’proq qiziqtiradi?
Bu bir so’z bilan aytganda Tarix fani. Chunki yoshligimdan mening bobom tarixiy voqealar, hikoyalar va dunyoda bo’lib o’tgan faktlar haqida aytib berardilar. Bu o’z o’rnida meni ushbu fanga mehrimni tobora oshirdi. Tarixdan tashqari men Informatsion texnologiyalar ga ham qiziqaman. Kelajakda ushbu yo’nalish rivojiga o’z hissamni qo’shmoqchiman va nomimni tarixda saqlab qo’ymoqchiman.

Kim Aleksandr: 2tn4 guruhi o’quvchisi

Quyidagi universitetlarga o’qishga erta qabul qilindi:
Oliy Iqtisodiyot maktabi «Psixologiya» yo’nalishi bo’yicha 364.000 rubl chegirma soxibi. Xalqaro yoshlar olimpiadasi-2022 «Psixologiya» yo’nalishi 3 o’rin egasi bo’lish Kim Aleksandrga Oliy Iqtisodiyot maktabining bir qancha kampuslarida o’qish imkonini beradi:
Falsafa( Moskva), Psixologiya (Moskva), Biznes boshqaruvi (Perm, Nijniy Novgorod).

Universitetga tafsiya etilishingizda litseyda olib borilayotdan darslar sizga yordam berdimi?

Interhouse-bu muvaffaqiyat uchun kalit. Ushbu litseyda o’qish orqali men Oliy Iqtisodiyot Maktabi ga erta o’qishga qabul qilindim.

Interhouse turli oliy o’quv yurtlari bilan yaqindanhamkorlik aloqalarini olib boradi, bu esa o’quvchilarning malakasini oshirish va universitetlarga qabul masalalari bo’yicha aniq bir javobga ega bo’lishga yordam beradi.

Siz bilan biz bir haftagacha xayrlashamiz va keyingi nashrlarda sizni iqtidorli talabalarimiz bilan tanishtirishda davom etamiz.

Agar sizlardan universitetlardan taklifnoma olgan va universitetlarga muddatidan oldin o’qishga kirgan va ushbu talabalar o’rnida bo’lishni istaganlar bo’lsa, bizga so’rov qoldiring va biz siz bilan albatta bog’lanamiz.

Maqolani Murod Karimjonov tayyorladi