contact@iht.uz +998 71 237-31-70

«TIQXMMI» MTU «International House Tashkent» akademik litseyining yulduzli mehmoni

16 noyabr kuni “TIQXMMI” MTU “International House Tashkent” akademik litseyiga O’zbekiston xalq artisti Erkin Komilov tashrif buyurdi.

Tashrif mobaynida O’zbekiston xalq artisti” akademik litsey o’quvchilari bilan suhbatlashdi, o’z hayot yo’li, kino va teatrlarda o’ynagan rollari, qiziqarli voqealar bilan o’rtoqlashdi.

Erkin Komilov hozirgi kunga kelib bizning yurtimiz yoshlarga qaratayotgan e’tiborni, o’quvchilar olayotgan bilimlarini yanada mustahkamlashi lozimligini alohida ta’kidlab o’tdi.

Tashrif so’ngida Erkin Komilov «International House Tashkent» akademik litseyining faxrli mehmonlar kitobiga o’z tilak va niyatlarini yozib qoldirdi.

Ma’lumot o’rnida aytish joizki Erkin Komilov san’at sohasidagi uzoq yillik xizmatlari munosib baholanib, 1998-yilda «O’zbekiston xalq artisti» unvoni hamda 2011-yilda «Mehnat shuhrati» 2016 yilda esa «Fidokorona xizmatlari uchun» ordenlari bilan taqdirlangan.