contact@iht.uz +998 71 237-31-70

XXR elchisi tashrifi

Bugun, 2019 yil 4-iyun kuni TIQXMMI rektori professor U.P.Umurzakov hamrohligida Xitoy Xalq Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Jianyan xon xonim TIQXMMI «International House – Tashkent» akademik litseyiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida Jian Yan xonim litseyning o’quv xonalari bilan tanishdi, ular orasida Xitoyning Huawei kompaniyasi bilan jihozlangan aqlli xona, smartroomga alohida e’tibor berildi.

Litsey direktori A.X. Tillayev ushbu «aqlli xona» imkoniyatlari haqida batafsil so’zlab berdi va litseyning barcha kabinetlarini Huawei uskunalari bilan jihozlash bo’yicha rejalari bilan o’rtoqlashdi.

Jian Yan xonim litsey o’quvchilari bilan rus va o’zbek tillarida suhbatlashdi va litsey maqomini yuqori baholadi. Xitoy elchisi litseyda yangi o’quv yilidan boshlab xitoy tilida o’qitish boshlanadi, degan taassurotini bildirdi. Bundan tashqari, Elchi xonim TIQXMMI «International House – Tashkent» akademik litseyi bilan ta’lim sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga qiziqish bildirdi.

Bugungi kunda ko’plab bitiruvchilar Xitoy Respublikasining universitetlariga katta qiziqish bildirmoqdalar. Albatta, Xitoy elchixonasi bilan hamkorlik ta’lim sohasidagi taraqqiyotda va O’zbekiston bilan Xitoy o’rtasidagi do’stona aloqalarni mustahkamlashda yangi bosqichga olib chiqadi.