contact@iht.uz +998 71 237-31-70

Yangi hafta, «TIQXMMI» MTU «International House Tashkent» akademik litsey o’quvchilarining yangi yutuqlari

Bir hafta oldin biz sizni litseyda o’qishni tugatmasdan oldin nafaqat dunyodagi va umuman mamlakatdagi eng yaxshi universitetlarga o’qishga kirishga muvaffaq bo’lgan, balki katta miqdordagi o’quv chegirmalariga (stipendiyalarga) ega bo’lgan muvaffaqiyatli talabalarimiz bilan tanishtirdik. E’tiboringizga «IHT» akademik litseyining quyidagi besh nafar iste’dodli talabalarini taqdim etamiz:

Hasanboyeva Kamolaxon-2af2 guruh o’quvchisi

2af2-guruh o’quvchisi Xasanboeva Kamolaxon quyidagi oliygohlarga muddatidan oldin o’qishga kirishga muvaffaq bo’ldi:
Temple universiteti-Media va aloqa $8000
Arizona universiteti-Pre-biznes $88000
Chegirmalarning umumiy miqdori: $96,000

Qaxorjonov Mansurbek, Zulxonov Shamshodbek 2af2 guruh o’quvchilari

2af2 guruh o’quvchilari Qaxorjonov Mansurbek va Zulxonov Shamshodbek litseyimizda o’qishni yakunlagunga qadar Yaponiyaning eng yaxshi universitetlaridan birida o’z o’rinlarini egallashdi:
Ritsumeikan Asia Pacific University
Qaxxorjonov Mansurbek – «Innovatsiya va Marketing» yo’nalishi bo’yicha 50% stipendiya
Zulxanov Shamshodbek – «Strategic management and organization» yo’nalishi bo’yicha

Ma’lumot uchun: Ritsumeikan Asia Pacific University-Yaponiyaning 50 ta eng yaxshi universitetlaridan biri. Ritsumeikan Asia Pacific University muntazam ravishda yuqori o’rinlarni egallaydi, butun dunyodagi akademik reytinglarda eng yaxshi 5% ni tashkil etadi.

Pribitkova Angelina -2tn4 guruh o’quvchisi

Pribitkova Angelina yaqindagina bizning iqtidorli yoshlar ro’yxatimizdan Oliy Iqtisodiyot Maktabi «Psixologiya» yo’nalishi ga litseyda o’qishini tugatmasdan talabalikka qabul qilingaligi bilan joy olgandi. Bugun esa bu iqtidorli o’quvchimiz Rossiya Federatsiyasi eng nufuzli oliygohlaridan biriga o’qishga grant asosida qabul qilinganligi uchun kiritildi:
Sankt Peterburg Davlat universiteti – «Psixologiya»

Shoumarov Jahongir-2af2 guruh o’quvchisi

2AF2 guruhining o’quvchisi Shoumarov Javohir muddatidan oldin Akfa University – «Journalism» yo’nalishi bo’yicha o’qishga qabul qilindi

Siz bilan biz bir haftagacha xayrlashamiz va keyingi nashrlarda sizni iqtidorli talabalarimiz bilan tanishtirishda davom etamiz.

Agar sizlardan universitetlardan taklifnoma olgan va universitetlarga muddatidan oldin o’qishga kirgan va ushbu talabalar o’rnida bo’lishni istaganlar bo’lsa, bizga so’rov qoldiring va biz siz bilan albatta bog’lanamiz.

Maqolani Karimjonov M.B. tayyorladi