contact@iht.uz +998 71 237-31-70

Ochiq eshiklar kuni

2021 yil 30 yanvar kuni TIQXMMI International House Tashkent akademik litseyida Mirzo Ulug’bek tumanidagi 9-sinf o’quvchilari uchun ochiq eshiklar kuni bo’lib o’tdi. Tadbirda akademik litseyga o’qishga kirish istagini bildirgan 1000 ga yaqin 9-sinf o’quvchilari ishtirok etdi.

 

Tashrif buyuruvchilar uchun litsey, xonalari va bino hududi bo’ylab tanishtiruv ekskursiyasi o’tkazildi; o’quv jarayoni, litsey hayoti namoyish etildi. Tashrifdan so’ng International house Tashkent akademik litseyi direktori Alisher Xasanovich va spikerlar, 1 va 2 kurs o’quvchilari mehmonlarga o’quv dasturi, kirish tizimi va boshqa jihatlar haqida so’zlab berdilar.

 

Tadbirni tashkil etishda litsey ma’muriyati va SU-Students Union ishtirokchilari o’z vazifalarini mukammal egallagan va yuqori darajadagi tadbirni tashkil etgan: bufet stoli faoliyat yuritgan, ma’ruzachilar litsey, foto va video suratga olish, ro’yxatga olish va ekskursiyalar haqida ma’lumot berib, litsey o’quvchilari tomonidan amalga oshirilgan. Jami 60 dan ortiq litsey o’quchilari ishtirok etdi.

 

Tadbir UzreportTV telekanali orqali namoyish etildi.

 

Ma’lumki, 30 yanvar ochiq eshiklarning oxirgi kuni emas. Tadbir har shanba kuni, boshqa tumnlardagi maktablar uchun o’tkaziladi.

 

Muallif: Abbasova Kamila, 1MTN2 @keyeyemay

Foto: Tavxidova Adeline, 1MTN2 @dvrseau