Aytishim kerakki, kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash doimiy nazoratni talab qiladigan muhim ijtimoiy masaladir. Shu munosabat bilan 2022-yil 5-may kuni «International-House Tashkent» litseyining “IHT VOLUNTEERS” yonalishini faollari psixolog Gulnoza Bahodirovna bilan birgalikda Mirzo Ulug‘bek tumanidagi kam ta’minlangan oilalarga tashrif buyurishdi.
Bunday sayohatlar talabalar uchun allaqachon an’anaga aylangandir. Yig’ilgan mablag’lar xayriya mahsulotlarining to’liq to’plamini sotib olishga sarflandi. Suhbat davomida litsey o‘quvchilari oila egalaridan bu holatga nima sabab bo‘lgani, qanday qiyinchiliklarga duch kelayotgani va boshqa ko‘plab savollarni o‘rgandi. Bolalar bilan muloqot o‘quvchilarga katta zavq bag‘ishladi. Volontyorlar har bir oilaga nima kerakligini aniqladilar va bu xayriya oxirgi bo’lmasligiga va’da berishdi. O’quvchilarimizni maqsadi ham shunday oilalarga ozgina umid bog‘lash, sabr qilish, zarur vositalar bilan yordam berish va albatta farzandlari va o‘zlariga baxtli kelajak tilash edi.
Biz doimo yodda tutishimiz kerak bo’lgan bir narsa shundaki, hech birimiz har qanday qiyinchilikdan himoyalanmayganligimizdir, shuning uchun insonlar doimo bir-biriga g’amxo’rlik qilishlari va qo’llab-quvvatlashlari kerak bo’lganidir.
Xayriyada qatnashdi:
Abdurahmonova Ra’no 1SG1
Turg‘unova Dilyara 1MTN1
Akbarov Sanjarbek 1MTN1
Axmedbekova Aleksandra 1TN1
Abbosov Abdulla 1TN3
Grigoryan Arnella 1MTN1
Abdullayeva Tasmila 1TN3
Alimova Amina 1MTN2
Tinchlikova Sevinch 1TH1
Bo‘riyeva Iroda 1MTN1