16 noyabr kuni «TIQXMMI» MTU «International House Toshkent» litseyi va Interhouse Lyceum maktabida kutilgan saylovlar bo‘lib o‘tdi. Ushbu muhim tadbirda 300 dan ortiq o‘quvchi qatnashdi va har bir yosh yigit-qiz o‘z fikrini bildirib, o‘zlari munosib deb bilgan nomzod uchun ovoz berdi.
Saylovlar «TIQXMMI» MTUning Madaniyat saroyida tantanali ruhda o‘tkazildi va barcha qatnashchilar uchun haqiqiy bayramga aylandi. Tadbir yuqori saviyada tashkil etildi, bu esa demokratik qadriyatlarni rivojlantirish va yoshlarda faollikni oshirishga bo‘lgan intilishni ko‘rsatdi.
Litseyi va maktabning birinchi kurs o‘quvchilari katta mas’uliyat va ongli yondashuv ko‘rsatib, kelgusi bir yil davomida ularning manfaatlarini himoya qiladigan, muhim masalalarni hal etishda ishtirok etadigan va turli tadbirlarni tashkil etadigan yetakchilarni tanladilar.
Students’ Union saylovlarining o‘tkazilishi talaba o‘z-o‘zini boshqarish tizimini rivojlantirishda muhim qadam bo‘ldi. Bu tadbir nafaqat yoshlarda liderlik sifatlarini shakllantirishga yordam beradi, balki ularga tashabbuskor bo‘lish, turli loyihalar va tadbirlarni amalga oshirish uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olish imkoniyatini ham beradi.
Ovoz berish natijalariga ko‘ra, litseyning yangi prezidenti etib 2SG1 guruhidan Qaxxorov Muhammadrizo saylandi. Uch nafar vitse-prezidentlar etib esa Konovalova Angelina, Fozilova Asilzoda va Jahongirova Hazina tanlandi. Ular o’quvchilardan mandat oldilar va endilikda litseyning turli yo‘nalishlarida faoliyat yuritish uchun mas’ul bo‘ladilar.
Litseyi va maktab ma’muriyati barcha qatnashchilar va tashkilotchilarga saylovlarni o‘tkazishdagi faol ishtiroki va qo‘shgan hissalari uchun minnatdorchilik bildiradi. Tanlangan Students’ Union vakillari tez orada o‘z vazifalarini bajarishga kirishadilar va biz ularni yoshlar jamoasi manfaati uchun ko‘plab qiziqarli va muhim loyihalar kutmoqda, deb ishonamiz.
Barchani saylovlarning muvaffaqiyatli yakunlanishi bilan tabriklaymiz va tanlangan Students’ Union vakillariga mas’uliyatli va qiziqarli ishlarida muvaffaqiyatlar tilaymiz!