contact@iht.uz +998 71 237-31-70

TIQXMMI «International House Tashkent» akademik litseyining Milliy Xalqaro Tadqiqot Universiteti Iqtisodiyot Oliy maktabi bilan hamkorlikda iste’dodlarni aniqlash markazining ochilish tadbiri.

2021 yil 8 aprelda TIQXMMI «International House Tashkent» akademik litseyining hududida Iqtisodiyot Oliy maktabi bilan hamkorlikda Iqtidorlarni aniqlash markazining ochilish marosimi bo’lib o’tdi.

Asosiy maqsad xalqaro ta’limni rivojlantirishga ko’maklashish maqsadida teng huquqli va o’zaro manfaatli asosda yaqin hamkorlikni kuchaytirishdir. Bu esa iste’dodli bolalarni rivojlantirish bo’yicha tajriba almashish, g’ayratli va iqtidorli maktab o’quvchilarini aniqlash va rivojlantirish, ularning kasbiy yo‘naltirishni belgilashda yordam berish orqali amalga oshiriladi.

Ochilish marosimida, TIQXMMI rektori, iqtisod fanlari doktori, professor O’ktam Pardaevich Umurzoqov, O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Hamidovich Toshqulov va Oliy iqtisodiyot maktabining xalqaro munosabatlar sohasidagi prorektori Ivan Valerievich Prostakovlar so’zga chiqishdi. Shuningdek, ochilish marosimida O’zbekiston va Rossiyalik yuqori martabali mehmonlar qatnashdilar.

So’ngra yakunlangan loyihalar va ishlab chiqilayotgan loyihalar to’g’risida davra suhbati bo’lib o’tdi.

TIQXMMI «International House Tashkent» AL direktori A.X. Tillaev litseyning asosiy loyihalari haqida batafsil so’zlab berdi:

  • dunyoda noyob bo’lgan ikki tomonlama diplom dasturi;
  • Onlayn ta’lim uchun kontentni ishlab chiqish va uni TIQXMMI «International House Tashkent» akademik litseyi rasmiy veb-saytiga joylashtirish (o’qiladigan material – mavzular bo’yicha foydalanilgan adabiyotlar, TMRga muvofiq har bir dars uchun slaydlar);
  • TIQXMMI «International House Tashkent» akademik litseyi studiyasida videodarslarni hamkor – UzReport telekanali bilan birgalikda tayyorlash;
  • 2020-2021 o‘quv yilida pandemiya paytida UzReport TV kanalida TIQXMMI «International House Tashkent» akademik litseyi professor-o‘qituvchilari tomonidan jonli efir darslarni o’tkazish.

Shundan so’ng, HUAWEI kompaniyasining vakili, TIQXMMI «International House Tashkent» AL hamkori o’zining ta’lim sohasiga mo’ljallangan yangi texnologiyalari taqdimotini o’tkazdi.

                HUAWEI kompaniyasi TIQXMMI «International House Tashkent» akademik litseyining texnik jihozlar sohasida asosiy hamkori hisoblanadi. Birinchi, asosiy loyiha – bu Smart Room. Bu orqali talabalar axborot texnologiyalarini to’liq o’zlashtirish imkoniyatiga ega bo’lmoqdalar. Hozirgi vaqtda TIQXMMI «International House Tashkent» akademik litseyi auditoriyalarini jihozlash bo’yicha yangi loyihalar ishlab chiqilmoqda.

Taqdimotdan so’ng, o’quvchilar uchun yangi «Book cafe» oshxonasining ochilishi munosabati bilan tantanali tadbir bo’lib o’tdi. Kafe binosi qisqa vaqt ichida barpo etildi. Kafe 200 o’ringa mo’ljallangan, zamonaviy ichki va tashqi ko’rinishga ega.

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti International House Tashkent litseyi va Milliy tadqiqot universiteti oliy iqtisodiyot maktabi memorandum tuzish orqali yaqin hamkorlikni mustahkamlash niyatida. Tomonlar O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining dolzarb ehtiyojlarini qondirish muhimligini ta’kidlaydilar, maktab o’quvchilarini tayyorlash sifatini oshirish uchun sa’y-harakatlarni birlashtirish zarurligini e’tirof etdilar.

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, International House Tashkent akademik litseyi va Milliy tadqiqot universiteti oliy iqtisodiyot maktabi memorandum tuzish orqali yaqin hamkorlikni mustahkamlash niyatida. Tomonlar O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining dolzarb ehtiyojlarini qondirish muhimligini ta’kidladilar, o’quvchilarini tayyorlash sifatini oshirish uchun sa’y-harakatlarni birlashtirish zarurligini e’tirof etadilar.

Tadbir so’ngida akademik litsey o’quvchilari uchun Oliy Iqtisodiyot maktabi mutaxassislari va TIQXMMI «International House Tashkent» akademik litseyi o’qituvchilarining uslubiy birlashmasi va Milliy tadqiqot universiteti oliy iqtisodiyot maktabi tomonidan mahorat darslari o’tkazildi.

Ko’proq fotosuratlar Galereyada