contact@iht.uz +998 71 237-31-70

TIQXMMI «International House Tashkent» AL o’quvchilari yangi cho’qqilarni zabt etmoqda!

Krasilnikova Anastasiya, TIQXMMI «International House Tashkent» AL ning 2MTN1 guruh o’quvchisi, yaqinda bo’lib o’tgan Rossiya Federatsiyasining Yagona Davlat imtihonida (ЕГЭ) rus tili fanidan 100 dan 100 ballga topshirdi! Shuni aytib o’tish joizki, yangi O’zbekistonda ushbu mamlakat fuqarosi sifatida hech kim bunday yuksak natijalarga erishmagan.

Anastasiya litseyimizning 2020-2021 o’quv yili bitiruvchisi hisoblanadi. U ikki litsey rahbarlari R. I. Kotov va A. X. Tillaev ko’magida tashkil etilgan MGIMO Gorchakov litseyi bilan ikki tomonlama diplom dasturi asosida ta’lim olgan.

Ma’lumot uchun, birinchi MGIMO sinflari 2019 yilda TIQXMMI «International House Tashkent» ALda ochilgan va allaqachon Rossiya Federatsiyasi va dunyoning eng nufuzli Oliy o’quv yurtlariga qabul qilish uchun ajoyib o’quv maskani hisoblanib, tramplin vazifasini bajarib kelmoqda.

MGIMO sinflarini ochilganiga uncha ko’p vaqt o’tmagan bo’lsa ham, bu talabalarni o’z bilimlarining ustunligini isbotlashga to’sqinlik qilmayapti, chunki litseydagi barcha yo’nalishdagi talabalar uchun qo’llaniladigan yangi o’qitish metodikasi, mukammal o’qituvchilar tarkibi va TIQXMMI «International House Tashkent» ALda o’quvchilarga yaratilgan sharoitlar o’z tasirini ko’rsatmoqda.

Krasilnikova Anastasiyaga kelgusi o’qishlarida muvaffaqiyat tilaymiz va bunday talabalar bizning litseyda taxsil olayotganlaridan faxrlanamiz!