contact@iht.uz +998 71 237-31-70

TIQXMMI MTU vakillari bilan uchrashuv

2025-yil 30-aprel kuni Akademik litseyda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Milliy tadqiqot universiteti (TIQXMMI MTU) vakillari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbirda 2-bosqich o‘quvchilari qatnashdi. Ular ayni vaqtda oliy ta’lim muassasalariga kirish arafasida bo‘lib, tanlov oldidan zarur ma’lumotlarga ega bo‘lishmoqda.

Uchrashuv davomida universitet vakillari tomonidan TIQXMMI MTUda mavjud bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari, o‘quv jarayonining tashkil etilishi, talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ijtimoiy va akademik imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etildi. Shuningdek, uchrashuvda o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar. Universitet vakillari har bir savolga atroflicha va samimiy javob berib, o‘quvchilarda katta qiziqish uyg‘otdilar.

Tadbir ochiq muloqot ruhida o‘tib, iliq va ijobiy taassurotlar bilan yakunlandi.

Akademik litsey tomonidan o‘quvchilarni oliy ta’lim muassasalari, xususan TIQXMMI MTUda mavjud ta’lim imkoniyatlari bilan tanishtirib borish doimiy ravishda yo‘lga qo‘yilgan. Bunday uchrashuvlar bitiruvchi o‘quvchilarga to‘g‘ri va ongli tanlov qilish, shuningdek, kelgusidagi ta’lim yo‘nalishini aniqlashda muhim ahamiyat kasb etadi.