Har yili 5-dekabr kuni Xalqaro volontyorlar kuni nishonlanadi va O’zbekiston volontyorlarining tantanali forumi tashkil etiladi.
3 dekabr kuni, ushbu bayram arafasida butun Toshkent bo’ylab turli xil xayriya tashkilotlari a’zolari ishtirok etgan birinchi «Volontiada-2020» turniri tashkil etildi.
Litseyimiz tarkibida «IHT VOLUNTEERS» klubi azolari bu turnirda ishtirok etishdi. Turnir TIQXMMIning sport majmuasida bo’lib o’tdi va mini-futbol musobaqasi, stol tennisi, voleybol, shuningdek boshqa bir qator sport o’yinlari turlariga bo’lindi.
Turnirda hamma ishtirok etishi mumkin va yoshga nisbatan cheklovlar mavjud emas edi. Shunday qilib, «IHT VOLONTERS» jamoasi a’zolari futbolchilar orasida eng yoshi bo’lishdi. Ammo klubimizning o’g’il-qizlari juda ham yaxshi natijalarni ko’rsatib, voleybol o’yinida raqiblarini yutishdi, bu esa ham raqiblar, ham tadbir tashkilotchilari orasida katta hayratga sabab bo’ldi.
Shuningdek, mini-futbol o’yinida klubimizdan olti kishidan iborat jamoa qatnashib, faxrli 2-o’rinni egallashdi va yana uch kishi stol tennisi o’yinida turlarning birida g’alabaga ega bo’lishdi.
«Volontiada -2020» nihoyasiga etgach, musobaqa ishtirokchilari tadbir ma’muriyati rahbarligida bouling o’ynashdan zavqlanishdi.
Shuni ta’kidlashni istardikki, bunday tadbirlar ko’proq o’quvchilarni sportga jalb qilishda yordam beradi, jamoada ishlashni rivojlantiradi va tanishlar doirasini kengaytiradi.
Shuningdek, barchaga turnir a’zolariga o’z minnadorchiligimizmi bildiramiz!
Muallif: Xoshimxodjeva Anora, 1SG1 @maybe.anora