Bir hafta oldin sizni muvaffaqiyatli talabalarimiz bilan tanishtira boshladik. Bugun biz sizga tengdoshlari orasida akademik yutuqlar, shuningdek, litseyning ijtimoiy hayotidagi faoliyati bilan ajralib turadigan 2-bosqich o’quvchilarini tanishtirishdan mamnunmiz. Quyidagi beshlik litseyning ko’p yillik an’analarini davom ettirdi, ya’ni bu bolalar dunyoning eng zo’r xorijiy universitetlariga o’qishga kirib, grantlar va stipendiyalarni qo’lga kiritishdi.
Axmedjonov Sardor – 2tn2 guruh o’quvchisi
Ayni paytda bizning o’quvchimiz quyidagi oliy o’quv yurtlariga o’qishga kirdi:
Duke Kunshan University $224.000 (100% scholarship)
Arizona State University $100.000
Pace University $95.000
University of Arizona $88.000
HSE University $55.000
Jami chegirma: $ 562.000
Abdujabborova Shaxrizoda – 2tn2 guruh o’quvchisi
O’quvchilarimizdan Abdujabbarova Shaxrizoda jahonning bir nechta eng yaxshi universitetlariga o’qishga kirish qatorasida, bir vaqtning o’zida katta miqdordagi chegirmalarga ham loyiq topildi:
New York University $219200 (95% scholarship)
Arizona University $58000
NYU Shanghai
Arizona State University
University of Alabama
Pace University
Illinois State University
Jami chegirma: $ 277.200
Azimxodjayev Abdulazizxo’ja – 2af3 guruh o’quvchisi
Quyidagi universitetga o’qishga kirdi:
Japan digital university
Ma’lumot uchun: Japan digital universitetning asosiy vazifalaridan biri sifatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, dasturiy ta’minot ishlab chiqish, axborot tizimlari va kompyuter tarmoqlarini boshqarish, shuningdek, iqtisodiyotning boshqa sohalarida oliy ma’lumotli raqobatbardosh kadrlar tayyorlash belgilangan.
Kabulniyazova Lobar – 2TN3 guruhining talabasi
Quyidagi universitetga o’qishga kirdi:
«Sinergiya» universiteti (Moskva) «Reklama va jamoatchilik bilan aloqalar» yo’nalishi bo’yicha
Ma’lumot uchun: «Synergiya» universiteti 30 yildan ortiq vaqt mobaynida o’z biznesini boshlash va rivojlantirish uchun hamda yirik kompaniyalarda boshqaruv lavozimlarida ishlash uchun amaliy bilim va ko’nikmalarga ega bo’lgan mutaxassislarni tayyorlamoqda. Universitetning maqsadi sifatli ta’limni har kimga taqdim etishdir.
Bahodirova Farangiz – 2af1 guruh o’quvchisi
Quyidagi universitetga o’qishga kirdi:
British management university in Tashkent (20% scholarship)
Ma’lumot uchun: Toshkentdagi British management universiti Markaziy Osiyoda menejment sohasidagi yetakchi universitetlardan biri bo’lib, iqtisodiyotning asosiy tarmoqlari uchun bo’lajak biznes rahbarlari va yuqori darajadagi mutaxassislarni tayyorlaydi.
Siz bilan biz bir haftagacha xayrlashamiz va keyingi nashrlarda sizni iqtidorli talabalarimiz bilan tanishtirishda davom etamiz.
Agar sizlardan universitetlardan taklifnoma olgan va universitetlarga muddatidan oldin o’qishga kirgan va ushbu talabalar o’rnida bo’lishni istaganlar bo’lsa, bizga so’rov qoldiring va biz siz bilan albatta bog’lanamiz.
Maqolani Karimjonov M.B. tayyorladi