2025-yil 26-may kuni “TIQXMMI” Milliy ilmiy tadqiqot universitetining Madaniyat saroyida International House Toshkent akademik litseyi tomonidan “Litsey faxri” stipendiyalarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu yil ushbu stipendiyaga o‘qish, ilmiy faoliyat va jamoat ishlarida yuqori natijalarga erishgan 84 nafar o‘quvchi sazovor bo‘ldi. Marosimda “TIQXMMI” rektori B. Mirzaev va litsey direktori A. Tillayev ishtirok etib, yoshlarga tabrik so‘zlarini...Batafsil
2024–2025 o‘quv yili davomida «International House Toshkent» akademik litseyi ingliz tili bo‘yicha o‘quvchilarni tayyorlashda yetakchi ta’lim muassasalaridan biri sifatida o‘z maqomini yana bir bor isbotladi. Litseyda tahsil olayotgan 150 ga yaqin o‘quvchi ingliz tilini B2 va C1 darajalarida bilishini tasdiqlovchi sertifikatlarni muvaffaqiyatli qo‘lga kiritdi. Ushbu natijalar umumyevropa til kompetensiyalari tizimi — CEFR standartlariga to‘liq javob beradi....Batafsil
2025-yil 30-aprel kuni Akademik litseyda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Milliy tadqiqot universiteti (TIQXMMI MTU) vakillari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbirda 2-bosqich o‘quvchilari qatnashdi. Ular ayni vaqtda oliy ta’lim muassasalariga kirish arafasida bo‘lib, tanlov oldidan zarur ma’lumotlarga ega bo‘lishmoqda. Uchrashuv davomida universitet vakillari tomonidan TIQXMMI MTUda mavjud bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari, o‘quv jarayonining...Batafsil
2025-yilning 19–26-aprel kunlari International House Tashkent va Interhouse Lyceum litseylarining 100 nafardan ortiq o‘quvchilari Moskvada ta’lim amaliyotida ishtirok etdilar.Dastur Milliy tadqiqot universiteti «Oliy iqtisodiyot maktabi» (HSE MTU) tuzilmasida, ta’lim va litsey sinflarini rivojlantirish loyihasi doirasida tashkil etildi. Bir hafta davomida litsey o‘quvchilari universitet muhiti bilan yaqindan tanishish, maxsus tayyorlangan darslarda qatnashish va kelajakdagi ta’lim imkoniyatlarini kengaytirish...Batafsil
🎓 Bugungi postimizda TIQXMMI MTU universitetining bakalavr yo‘nalishiga qiziqayotgan barcha o‘quvchilarga qulaylik yaratish maqsadida, ushbu universitetda mavjud bo‘lgan fakultetlar ro‘yxatini taqdim etamiz. 🚀 Agar siz ta’limingizni yuqori darajada boshlamoqchi bo‘lsangiz, bu yerda taqdim etilgan fakultetlar siz uchun yangi imkoniyatlar yaratishi mumkin. 📚 Har bir fakultet o‘zining noyob o‘quv dasturlari va zamonaviy o‘quv metodikalari bilan ajralib turadi....Batafsil