contact@iht.uz +998 71 237-31-70

«Zulfiya» qizlari

2020 yil 09 Noyabr kuni, besh nafar go’zal va iqtidorli qizlarimiz, birinchi hamda ikkinchi kurs o’quvchilari, yurtimizda o’zgacha hurmat va shon-sharafga ega bo’lgan Zulfiyaxonim nomidagi davlat mukofoti bellashuvlari bo’yicha barcha sohalarda o’zlarining bilimlari, iqtidorlari, yaxshi sifatlarga ega bo’lgan hislatlarlari va mahoratli chiqishlari ila, nafaqat litseyimizning, balki Mirzo Ulug’bek tumanining sharafini g’urur ila himoya qilishdi.

Zulfiya nomidagi davlat mukofoti — Oʻzbekiston Respublikasining Davlat mukofotlaridan biri. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining «Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini taʼsis etish boʻyicha takliflarni qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida» 1999 yil 10 iyundagi farmoniga binoan taʼsis qilingan. Maktab, litsey, kollej va oliy oʻquv yurtlarida aʼlo xulqi, zukkoligi, donoligi, tashabbuskorligi, oʻqishdagi muvaffaqiyatlari bilan alohida isteʼdodini namoyon qilib taʼlim olayotgan, istiqlol gʻoyalarini amalga oshirish yoʻlida astoydil mehnat qilayotgan 25 yoshgacha boʻlgan iqtidorli qizlarga adabiyot, madaniyat, sanʼat, fan, taʼlim sohalaridagi alohida yutuqlari uchun beriladi.

 

Bizning eng iqtidorli qizlarimiz:

1.Sultonboyeva Farangiz 2TN5-ta’lim yo’nalishi

2.Jonuzoqova Marvarid 2AF2-jamoatchilik yo’nalishi

3.Yusufjonova Shahzoda 2AF1-san’at yo’nalishi

4.Muxamajonova Munisa 1TN1-fan yo;nalishi

5.Abdullaeva Shahina 1AF1-adabiyot yo’nalishi

 

Ularning har biri eng yorqin taassurotlarni qoldirib, hakamlar hay’ati tomonidan yuksak o’rin oldilar va Zulfiya nomidagi davlat mukofoti tumandan shahar bosqichiga o’tilar.

 

Besh nafar qizimizni chin kóngildan tabriklaymiz va ularga kelgusida ulkan zafarlar tilab qolamiz.