contact@iht.uz +998 71 237-31-70

2025–2026 oʻquv yili uchun kirish imtihonlari natijalari eʼlon qilindi

Hurmatli abituriyentlar va ota-onalar!
2025–2026 oʻquv yili uchun TIQXMMI MTU huzuridagi «International House Tashkent» akademik litseyiga kirish imtihonlari natijalari eʼlon qilindi. Natijalar bilan litseyning rasmiy veb-saytida yoki qabul komissiyasida tanishishingiz mumkin.

Imtihonlarni muvaffaqiyatli yakunlagan barcha abituriyentlarni tabriklaymiz va litseyimizga boʻlgan qiziqishingiz uchun minnatdorchilik bildiramiz!

Imtihonlardan muvaffaqiyatli oʻtgan va oʻqishga tavsiya etilgan abituriyentlardan 4 va 5 avgust kunlari soat 10:00 dan 15:00 gacha litsey binosiga kelish soʻraladi. Ushbu kunlarda qabul jarayonining keyingi bosqichlari boʻyicha maslahatlar beriladi.

Barchangizga kelgusi taʼlim yoʻlingizda omad tilaymiz va tez orada koʻrishamiz degan umiddamiz!