2020 yil 13-noyabr kuni TIQXMMI International House Tashkent akademik litseyida, Gorchakov nomidagi MGIMO litseyi rahbari Roman Igorevich Kotov va uning o’rinbosari Tsiban Irina Vladimirovna bilan ushrashuv tashkil etildi. U birinchi bosqich o’quvchilariga Moskvadagi MGIMO litseyi hayoti va ta’lim jarayoni haqidagi taqdimotni namoyish etdi.
Roman Igorevich MGIMO litseyi sinflarini o’qitish dasturi va usuli haqida so’zlab berdi. Taqdimot paytida litseyning o’zi, uning hayoti va o’quv jarayoni namoyish etildi. Avvalo har bir o’quvchiga individual yondoshishga asoslangan o’qitish usuli barchani qiziqtirdi. Yagona davlat imtihonida (ЕГЭ) litseyni muvaffaqiyatli bitiruvchilari-yuzballchilar, nufuzli oliy o’quv yurtlariga byudjet asosida o’qishga kirganliklari namoyish etildi. “Mening vazifam – sizning ismlaringiz ushbu ajoyib ro’yxatda paydo bo’lishiga ishonch hosil qilish”, – dedi Roman Igorevich, uning so’zlari o’quvchilarga yanada ko’proq turtki berdi.
“Interhouse filiali barcha filiallar orasida eng muvaffaqiyatli hisoblanadi», – deydi Roman Igorevich. MGIMO rahbari, shuningdek, aynan International House-Tashkent akademik litseyi MGIMO sinflarini yuqori darajada rivojlantirish va saqlash uchun barcha sharoitlarni yaratganligini ta’kidladi.
Taqdimot yakunida litseyimiz ma’muriyati va mexmonlar litsey hududida qisq sayr qilishdi. Shuningdek, o’quvchilar o’zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar va kelgusida taxsil oladigan oliy o’quv yurtlari tog’risida fikrlarga ega boldilar.
Matnni tayyorlaganlar:
Sultanboeva Farangiz 2TN5 @sultanboeva
Abbasova Kamila 1MTN2 @kami_a_23
Baxodirov Shaxriyor 1MTH2 @ShahriTop
Foto:
Tavxidova Adelina 1MTH2 @dvrseau