contact@iht.uz +998 71 237-31-70

Biz haqimizda

Inter House Tarixi

1987 yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalashtirish instituti rahbariyati xamda institut pedagoglari bilan hamkorlikda Toshkent shahrida 142 o’rta maktab qo’shida akademik litsey tashkil etilib, qobiliyatli, zukko o’quvchilar tanlab olindi, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalashtirish institutiga “International House-Tashkent” akademik litseyi biriktirildi. Bu davrda Ibragimova Elmira Zokirovna akademik litsey direktori sifatida faoliyat yuritdi. TIQHMMI o’qituvchilari akademik litseyda dars berdilar. Bu esa oliy ta’lim muassasasiga kiruvchilar sifatini yanada yahshilashga imkon beradi.

1993 yil yil akademik litseyni tashkil etish uchun O’zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo’jalligi vazirligi mablag’ ajratdi. Akademik litsey London va M. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti tomonidan o’quv-uslubiy qo’llanmalar bilan taminlandi.

London universiteti dekani Syuzan Yeyts va M.Lomonosov nomidagi Moskva Davlat universiteti professorlari N.L. Burak va V.T. Rogojinalar ishtirokida akademik litseyga o’quv-uslubiy qo’llanmalarga yordam sifatida yetkazib berildi.

 1994 yilda “International House-Tashkent”akademik litseyi O`zbekiston Respublikasida hozirgi zamon talablari , o`quv jarayonini, ta`lim tizimini qayta tashkil etish talabalaridan kelib chiqqan holda yangi ta`lim muassasasi sifatida paydo bo’ldi. U 1994 yildan 2007 yilgacha 13 yil O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi tizimida 9-11 sinflar kesimida faoliyat olib bordi.

   Akademik litseyda faol, tashabbuskor va jamoatchilikka foyda keltiradigan barkamol avlodni tarbiyalash yo`lga qo`yildi.

“International House-Tashkent” akademik litseyi o`quvchilarining birinchi avlodi kichik eksperiment tarzida tshkil qilingan edi.

    1995 yil “International House-Tashkent”  akademik litseyi birinchi bitiruvchilari 75 nafarni tashkil etdi va ular Oliy ta`lim muassasasiga  imthonlarni muvaffaqiyatli topshirib mamlakatimizdagi oliy ta`lim  muassasalari talabalari bo`lishdi. Bitiruvchilarning 25 nafari Angliya, AQSH va Fransiyada  o`qishni davom ettirdi.

    1994-2008 yillarda ikki mingga yaqin o`quvchi akademik litseyni tamomladi. Ularning ko’pchiligi davlat idoralarida, Respublikada akkreditsiyadan o`tgan xalqaro tashkilotlarda, BMT, YUNESKO va Qizil Xochda faoliyat yuritishmoqda.

   1997 yil birinchi marotaba akademik litsey o`quvchilar uchun Nottingeim universiteti professor Chris Night o`quv kurslarini olib bordi va kurs ishtirokchilariga Nottingeim universiteti sertifikatlari taqdim etildi.

   1998 yilda Chexiyaning O`zbekistondagi elchixonasi elchisi Berdjixa Kopetski va Chexiyaning  Leona Gumilkaning gimnaziyasi bilan  hamkorlikda Brno shahridagi Eko-Gimnaziyada hamkorlik shartnomasi tuzildi hamda litsey o`qituvchi-xodimlari va o`quvchilari bilan birgalikda Chexiya Respublikasiga tashriflar amalga oshirildi. Bundan tashqari 1988 yilda OBCE ning media rahbari Fraymut Duv tomonidan akademik litseyga mustaqil ravishda gazeta ishlab chiqarish uchun sertifikat berildi.

    1999 yilda “Tinchlik uchun oilalar” xalqaro federatsiyasi ko’ngillisi janob James Devin  ishtirokida ma’naviy va ma’rifiy  muammolar masalalari bo`yicha seminar o`tkazildi. Shu yili akademik litseyda “Nezavistmoy gazeti” “ Mustaqil gazeta” ning birinchi soni ishlab chiqarildi.

    2007 yilda O`zbekiston Respublikasi Oliy va O`rta maxsus ta`lim vazirligi, O`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi Markazining “11” may 2007 yildagi 10 KB sonli hamda O`bekiston Respublikasi Qishloq va suv xo`jaligi vazirligining “11” may 2007 yildagi qo`shma buyrug`i asosida tashkil etildi va unga TIMI qoshidagi “International House-Tashkent”  akademik litsey nomi berildi

  1995-2007 yillar davomida  O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 26-sentabrdagi “O`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi  muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora- tadbirlari” to`grisidagi PK-3290-son qarori asosan TIMI qoshidagi “International House-Tashkent” akademik litseyi, TIQXMMI ning “International House-Tashkent” akademik litseyi bo`lib faoliyat yurita boshladi va o`qishda ta`lim olish ikki yil etib belgilandi.

2015 yildan akademik litseyga direktor etib Tillayev Alisher Xasanovich tayinlandi.

Ushbu davr mobaynida akademik litsey 2017 yil aprel oyida Buyuk Britaniyaning Londondagi “International House-Tashkent” universiteti bilan hamkorlikda o`qituvchi-xodimlar va o`quvchilarni malaka oshirish kurslariga Londonga yuborildi. 2017 yil oktyabr oyida Janubiy Koreyaning “Huawei” kompaniyasi bilan hamkorlikda O`zbekiston Respublikasida ilk bora “Smart class” sinfi tashkil etildi, 2018 yil dekabr oyida Moskva Davlat xalqaro munosabatlar instituti (МГИМО, МИД Rossiya) bilan hamkorlik shartnomasi imzolandi va 2019 yil aprel oyida MDH davlatlari orasida analogi mavjud  bo’lmagan ikki tomonlama diplom berish to`g`risida MGIMO yo`nalishlarini ochish  haqida kelishib olindi. Bundan tashqari 2019 yilda Buyuk Britaniya universiteti, Rossiyaning Aviatsiya universiteti, Janubiy Koreya universitetlari bilan hamkorlik shartnomalari imzolandi. 2019 yil iyun oyida Rossiyaning NIU VSHE universiteti hamda 2019 yil iyul oyida Rossiyaning MGSI universitetlari bilan hamkorlik shartnomasi tuzilib “International House-Tashkent” akademik litseyi o`qituvchi-xodimlarinva o`quvchilari malaka oshirish kurslariga yuborildi, ular sertifikatlar bilan taqdirlandi.

TIQXMMI “International House –Tashkent”da o'qish uchun 5 sabab

  1. “International House –Tashkent”akademik litseyi har yili O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi reytingida etakchi o’rinni egallab keladi.

2. Sifatli ta’lim, kuchli o’qituvchilar tarkibi. Xorijiy etakchi universitetlar o’qituvchilarining ma’ruzalari.

3. Innovatsion ta’lim muhiti. WIFI zonasi. Butun litseyni har yili modernizatsiya qilish.

4.  Talabalarning hamjihatligi. Do’stlik va qardoshlik muhiti.

5. Tadbirlar, bayramlar va ekskursiyalarning boy dasturi.

Bizning Litsey

2009 yildan boshlab akademik litsey quvvati 495 o`rinli, umumiy maydoni 6890 kv.m iborat bo`lib, o`quv binosida 21 ta o`quv xonalari: jumladan 1 ta kimyo, 1 ta fizika, 1 ta biologiya labaratoriyasi, 2 ta kompyuter, 2 ta lingafon xonalari, 150 o`ringa mo`ljallangan anjumalar zali, 100 o`rinli sport zal, 8690 dan ziyod kitob zaxirasiga ega bo`lgan ARM mavjud.

O'qitish

Akademik litseyda hozirgi kunda “Aniq fanlar-iqtisod”; “Aniq fanlar-texnika”; “Ijtimoiy-gumanitar” va 2 ta МGIМО sinflari yo`nalishi mavjud. Jami 20 ta guruhda 523 nafar o`quvchilar tahsil olmoqda.

Maqsatlarimiz

Hozirgi akademik litsey o`z oldiga asosiy maqsad etib umumta`lim maktablarining eng istedodli o`quvchilarini tanlash, ularning intellektual qobiliyatlarini yanada rivojlantirish va o`qishini oliy ta`lim muassasalarida davom ettirishga maqsadli tayyorlash, o`quvchilarning ijodiy salohiyatinini namoyon bo`lishi va faollashishga ko`maklashuvchi, individual istedodlarni va har bir o`quvchining qobiliyatlari hamda xususiyatlarini hisobga olgan holda bilimlarini egallab olish jarayonida mustaqil faoliyat ko`nikmalarini shakillantiruvchi va  rivojlantiruvchi ta`lim muhitini yaratish, ilg`or mahalliy va xorijiy ta`lim muassasalarining tajribasini hisobga olgan holda ta`lim jarayonini tashkil etishning zamonaviy shakllarini joriy etish va uning mazmuni doimiy ravishda yangilab borish faoliyat yo`nalishdagi muhim vazifalarni amalga oshirishni rejalashtirgan.

Bizning hamkorlar