contact@iht.uz +998 71 237-31-70

IHT akademik litseyi MYFAIR-2025da: o‘quvchilarimiz xalqaro jamoaning bir qismiga aylandilar!

2025-yil 10–11-oktabr kunlari Toshkent shahrida MYFAIR-2025 nomli xalqaro ta’lim yarmarkasi bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirda «TIQXMMI» MTU International House Toshkent akademik litseyi o‘quvchilari volontyor sifatida faol ishtirok etdilar.

40 dan ortiq o‘quvchilarimiz xorijiy va mahalliy universitetlar vakillari bilan birgalikda abituriyentlarga yordam berishdi, ularning savollariga javob berishdi hamda oliy o‘quv yurtlariga kirish jarayonlari haqida qimmatli bilim va tajriba orttirdilar.

Bu tadbir o‘quvchilarimizga nafaqat yirik ta’lim yarmarkasini tashkil etishda o‘z hissasini qo‘shish, balki dunyoning yetakchi universitetlari vakillari bilan muloqot qilib, o‘z dunyoqarashlarini kengaytirish imkoniyatini ham berdi.